Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiladigan umumiylikni hamda insonlarni tashqi va ichki jihatdan turli qiladigan farqlanishni aniqlaydi. Irsiyat dеganda bolalar gеnеtik dasturiga kiritilgan muayyan xislat va xususiyatlarning ota-onadan bolaga turli xil o‘xshashlik, xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi.

Irsiyatga ko‘ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va xis tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida pedagogikadan ajralib chiqdi. Uni o‘rganilish jarayoni va ko‘rinishi pedagogika fani tomonidan o‘rganadigan, biroq o‘ziga xosligi aniq bir sohani o‘rganish jihatdan tadqiq qilinadi. Pedagogika fani bu yangi tarmog‘ining o‘ziga xosligi “ijtimoiy” so‘zida namoyon bo‘ladi.

“Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, ularning muomala va bir-biriga ta’sirining turli xil shakllari birlashtiradi. Pedagogika – bu fan sifatida o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta’limi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika esa tarbiya va ta’limning bolalar hayotining jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi. Bu jarayon bolaning jamiyatga “kirishi”, ularning ma’lum bir ijtimoiy tajribaga ega bo‘lishi (bilim, boylik, o‘zini tutish qoidalari, yo‘naltirish) sotsiyalizatsiya (ijtimoiylashuv) deb yuritiladi. Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Har qanday jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma’lum ijtimoiy va ahloqiy qadriyatlar tizimiga, shu jamiyat me’yor va qoidalariga ega bo‘lishi, shu jamiyatda yashash uchun, teng huquqli a’zosi bo‘lishga intiladi.