2. Bolalar qo’shiqlarining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari
3. Bolalar o’yinlari va o’yin bilan aytiladigan
qo’shiqlar.
4.Bolalarning mavsumiy qo’shiqlari va ularning bola tarbiyasida tutgan o’rni.
◾
Xalq og’zaki ijodi turmush tajribalari asosida yuzaga kelgan bo’lib, mehnat jarayoni bilan chambarchas bog’langan. Xalq donoligi shu mehnat jarayonining turli va o’ziga xos shart-sharoitlariga muvofiq ravishda bolalar uchun ham ajoyib
ertaklar, qo’shiqlar, topishmoqlar, maqollar, masallar, tez aytishlar yaratgan.
Maqollar chuqur ma’noni ifoda eta bilishi, ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq og’zaki ijodining boshqa turlaridan farq qiladi.
Daryo suvini bahor toshirar, Odam qadrini mehnat oshirar.
Daraxt yaprog’i bilan ko’rkam, Odam — mehnati bilan.
Bilagi zo’r birni yiqar, Bilimi zo’r mingni yiqar.
Ilm — aql chirog’i.
Tilga e’tibor — elga e’tibor.
Topishmoq o’ziga xos shakl va mazmunga ega bo’lgan mustaqil bir asardir. Unda falsafiy, tarixiy, etnografik belgilar, tushunchalar, hodisalarning mohiyati
nihoyatda go’zal, obrazli ifodalar bilan aks
ettiriladi. Bu janr ikki kishi yoki jamoa
o’rtasida berilgan jumboqli savolga javob
qaytarish tarzida ijro etiladi.
“Pak-pakana bo’yi bor, yetti qavat to’ni bor” (piyoz), “Dum-dumaloq, jajji oy, chaqib yesang g’ij-g’ij moy»
(yong`oq) ,
«Qo’li yo’q, oyog’i yo’q, uy poylar» (qulf).
“Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi» (Quyosh, oy, yulduzlar).
“Bir chuqurda ming chuqur” (angishvona).
,,O’zi bir qarich, soqoli ming qarich» (ip-igna).
“Zuv-zuv borar, zuv-zuv kelar, doston o’qir, g’alvir to’qir» (ari).
«Osti tosh, usti tosh, o’rtasida jonli bosh” (toshbaqa).
Masallar ko’proq hayvonlar, jonivorlar, parranda-yu darrandalar, o’t-o’lanlar misolida og’zaki, yozma shaklda, nasr yoki nazmda bo’ladi. Masal hamisha o`z hissasiga ega bo`ladi.
Hissa:
Al’amon, yuz al’amon,nojinslardan al’amon, Yaxshi ulfatlar bilan bo’lg’il hamisha, ey javon!
Qo’shiq lirikaning eng qadimgi shakllaridan biri bo’lib, kuylashga mo’ljallangan, kuy-ohang bilan aytiladigan bir necha bandli she’rdan iboratdir.
«Alla» qo’shig’i Yot, bolam, uxla, qo’zim,
Uylarda o’chdi chiroq.
Uxlar asalarilar,
Uxlar baliqlar tinchroq. Ko’kda oy yarqiraydi, Derazadan qaraydi.
Ko’zlaring yumgin, qo’zim, Yot, quvonchim, qunduzim! Alla, alla,
Tez aytish qayta-qayta mashq qildirish, berilgan matnni osongina diliga, tiliga jo qilib olish har tomonlama foyda so’z o’yini bilan ijro etiladigan har bir tez aytish zamirida bir nechta vazifalar yotgan bo’ladi. Shulardan birinchisi qayta-qayta mashq qilish, tinimsiz
takrorlash natijasida bolaning nutqi o’sadi, tili ravon bo’ladi.
Ko’p so’zning ozi yaxshi, Oz so’zning o’zi yaxshi.
Tog’ boshiga solingandir bizning qishloq, Bir buloq bor u qishloqdan emas yiroq. Qishloq go’zal, suvi shirin, bilaman men, Shu sababli jonu tandan sevaman men.
Xalq ertaklari o’z xususiyatlariga ko’ra bir necha turga bo’linadi:
hayotiy ertaklar,
hayvonlar haqidagi ertaklar,
sehrli-afsonaviy ertaklar,
ijtimoiy-maishiy ertaklar.
«Zumrad va Qimmat», «Oltin tarvuz», «Dehqon bilan ayiq», «Non va tilla» (arab xalq ertagi),
«Haqqush» (tojik xalq ertagi), «Danak» (qirg’iz xalq ertagi), «Qizg’anchiq Pak» (koreys xalq ertagi), «Kuchuk va topqirlik» (latish xalq ertagi), «O’tinchi yigit», «Bo’ri bilan echki»
«Pahlavon Rustam», «Birlashgan o’zar», «Uch og’a-ini botirlar», «Egri bilan To’g’ri», «Ona yer farzandi», «Sardorning oyni ushlab olmoqchi bo’lgani» (turk xalq ertagi),
«Donishmand qiz» (xitoy xalq ertagi),
«Qadrdon uyning mixi» (shved xalq ertagi),
«Chollar, ho’kizlar, Bo’rka va pop» (gruzin xalq ertagi)
Bolalar adabiyotida folklorning o’rni qanday?
Alla-qo’shiq deganda nimani tushunasiz?
Masal janri va uning o’ziga xos xususiyatlarini ayting.