“Bolalar bog’chasida oilada olib boriladigan ta’lim ishning metod va shakllari mazmuni uzviyligi”



Yüklə 427,15 Kb.
tarix26.11.2023
ölçüsü427,15 Kb.
#135547
bolalar bogchasida oilada olibborila

“Bolalar bog’chasida oilada olib boriladigan ta’lim ishning metod va shakllari mazmuni uzviyligi”


REJA:
1. Oila davlat va jamiyat ardog‘ida.
2. Maktabgacha tarbiya muassasining ota -onalar bilan hamkorlikdagi ishining mazmuni va usullari.
3.MTMning ota-onalar bilan ishining yillik rejasi. Umumiy majlislar.
4. Xulosa

Tashkiliy hujjatlar


TAYANCH TUSHUNCHALAR
ta’lim
shakllar
metod
tarbiyachi
ota –onalar
xodim
majlislar
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR

1. Qayumova N. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent, 2013.


2. Hasanboyeva O. Oilada barkamol avlod tarbiyasi. – Toshkent, O’zbekiston, 2010.
3. Otavaliyeva O’. Bola tarbiyasida bog’cha va oila hamkorligi. – Toshkent, O’qituvchichi, 1994.
Respublikada yosh avlodni ma’naviy jixatdan barkamol qilib voyaga etkazish maqsadida turli mazmunlarda ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining XI sessiyasida qabul qilingan “Oila kodeksi” sharqona va umuminsoniy axloq normalari mushtarakligida shakllangan, farovon oilalarning manfaatlarini ta’minlashda muhim xuquqiy poydevor bo‘ladi. Konsititutsiyaga binoan, “Onalik va bolalik davlat tomonidan muxofaza qilinadi “ (65-modda).
Oila davlat va jamiyat ardog‘ida
Bilib oling!
Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish bola hayotining daslabki davrlaridan boshlaboq, ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifalardir. Ya’ni ota-ona uchun ham qarz, ham farzdir, oila bolaga ta’sir ko‘rsatadi, uni atrofidagi hayotga moslaydi .

Respublikamizda 1998 yil – Oila yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturini hayotga joriy etish natijasida oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari takomillashtirildi, “Oila kodeksi” ning yangi tahriri, bir qator qonunchilik va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Oilani moddiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan zarur shart-sharoitlar yaratildi. Kam ta’minlangan, serfarzand oilalarni qo‘llab-quvatlash ishlarini davlat o‘z zimmasiga oldi. 1999 yil mamlakatimizda “Ayollar yili“ deb e’lon qilinishi munosabati bilan jamiyatda xotin–qizlarning mavqeini yanada oshirish, turmush sharoitlarini yaxshilash uchun barcha davlat va nodavlat tashkilotlarini birlashtirildi. SHu yildan boshlab (1999) ayollarga ularning istaklariga binoan hamda qonunda belgilangan mehnat staji bo‘lgan taqdirda 54-yoshdan pensiyaga chiqarish huquqi berildi.


Abu Rayhon Beruniy o’z asarlarida ota-onalar va tarbiyachilar obro’yining bolaga o’z ta’sir kuchi haqida fikr yuritgan. Bu esa hozirgi kun talablariga ham javob beradi.

Oila huquqi – nikoh tuzish va nikohni bekor qilish tartibi va shartlari: er-xotin, ota-ona bila bolalar o’rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar; farzandlikka olish, vasiylik va homiylik, bola asrab olish tufayli kelib chiqadigan munosabatlar; fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tarzini belgilaydigan huquqiy me’yorlar yig’indisidan iboratdir.


Oila farzandning dastlabki tarbiya maktabidir. Shuni nazarda tutgan oilaning ikki tayanchi – ota bilan onaning ma’naviy-ruhiy odobi, o’zlarining namunali xulq-atvorlari, yaxshi tarbiya ko’rganliklari bolalarga tarbiya berishdagi tajriba va mahoratlari, qunt-sabotlari, sezgirlik va talabchanliklari bolalarni yoshlikdanoq baodob bo’lib o’sishida aks ettiruvchi ko’zgudir.
Yüklə 427,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin