Mavzu: Bolalar cholg'u asboblarida jo'r bo'lish faoliyatini tavsifi va uning vazifalari.
Reja: Kirish Asosiy qism Bolalarni musiqa tinglash va anglashi;
Bolalarni cholg’u asboblaridagi jo’r bo’lish faoliyatini shakllantirish;
Musiqiy ritmik faoliyatlarni shakllantirish uslubi;
Xulosalar Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Hozirgi zamon ta’lim tizimini rivojlantirish va uni jahon andozalari darajasiga olib chiqish ta’lim sohasining ustuvor vazifalaridan biridir. Ayniqsa, musiqa madaniyati jamiyatimiz yoshlarining ma’naviy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Buyuk davlat arbobi I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida shunday deyiladi: - “Uyida dutor, doyra yoki boshqa cholg‘u asbobi bo‘lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta’sirini o‘z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatmoqda”.
Milliy musiqamizning tarbiyaviy imkoniyatlaridan keng foydalanish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni musiqiy bilimlar bilan qurollantirish, shu orqali ularda xalqimizning milliy an’analariga, madaniyatimiz va ma’naviyatimiz durdonalariga faol ijobiy munosabat va qiziqishni tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan vazifadir.
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan majlisdagi “Asosiy maqsadimiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish” mavzusidagi ma’ruzasi yangi tarkibdagi mazkur besh yillikda amalga oshiradigan strategik ishlarining rejasini yaqqol namoyon etdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ushbu ma’ruza yangi tarkibdagi besh bosqichli strategiyaga, qolaversa ularning diqqatini mamlakatimiz ijtimoiy va madaniy hayotida muhim
ahamiyat kasb etib borayotgan bugungi kundagi dolzarb masalalarga qaratishdan iborat bo‘ldi.