Bolalar cholg'u asboblarida jo'r bo'lish faoliyatini tavsifi va uning vazifalari. Reja: Kirish Asosiy qism


Musiqiy ritmik faoliyatlarni shakllantirish uslubi



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə4/5
tarix02.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#137771
1   2   3   4   5
Bolalar cholg\'u asboblarida jo\'r bo\'lish faoliyatini tavsifi va

3. Musiqiy ritmik faoliyatlarni shakllantirish uslubi
Bolaning aqliy, estetik va jismoniy rivojlanishida raqs, musiqali o’yin hamda musiqa bilan harakat katta ahamiyatga ega. Musiqiy faoliyatning bu turlari bolaning har tomonlama o’sishiga yordam beradi. Birinchidan, uning musiqiy o’quvi, ayniqsa ritm tuyg’usi, musiqa xotirasi yahshi rivojlanadi, chunki har qanday harakat turi musiqa ritmi va taktlari ostida bajariladi. Harakat bilan bog’liq bo’lgan musiqa ohanglari bola xotirasida to’rg’un saqlanadi. Ikkinchidan, yuqorida aytganimizdek, raqs va musiqiy harakatlar bolada harakatchanlik, chaqqonlikni rivojlantirib, badanni chiniqtiradi, qomatning to’g’ri o’sishiga katta yordam beradi. Uchinchidan, musiqa asarlari bolada turlicha emotsional hislar uygotadi, turlicha kayfiyatlar hosil etib, uning ongida o’ziga xos obrazlar yaratadiki, bular bolaga harakat sxemalarini badiiy ishoralar bilan ifodalashga yordam beradi.

Demak, musiqa bilan harakat, musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish bolaning aqliy va estetik qobiliyatini hamda irodasini rivojlantirishda ham alohida ahamiyatga ega ekan. Musiqa, raqs va o’yinlar kichik yoshli bolalarga tez ta’sir etadi. Shuning uchun quvnoq raqs, qiziqarli musiqali o’yinlar har bir bolaning e’tiborini o’ziga tortadi. Binobarin, musiqa madaniyati darslari davomida o’quvchilarning musiqiy ritmik harakatlari faoliyatini amalga oshirishning muhimligi ham ahamiyatli ekanligi yaqqol ko’rinib turibdi. Shuni ta’kidlash lozimki, o’zbek xalqi milliy raqs san’ati bilan olamga dong taratgan. Ammo maktab ta’lim-tarbiyasi tarkibida raqs sabog’i deyarli yo’q darajada ekanligini nazarda tutsak, unda musiqa madaniyati darslari mazmunida milliy raqs usullarini bolalarga yoshligidan o’rgatib borish naqadar zarurligi ma’lum bo’ladi.


Shu bois, musiqa o’qituvchisi milliy raqs san’atimizning oddiy harakatlarini bilishi (ijro eta olishi) va darsda qo’llash usullarini puxta bilishi bugungi davr talabidir. Raqs va musiqali harakatlar o’quvchilarning musiqiy-o’quv qobiliyatlari hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. Bolalarning ritm tuyg’ulari musiqa bilan bajariladigan turli xil harakatlar- raqs, o’yin kabi turlicha ifodali harakatlar elementlarini o’zida mujassamlashtirgandir. Har qanday harakat turini yangrayotgan musiqani his etib, uning ritm, takt va jumlalariga e’tibor berib, mantiqiy harakat kompleksini yaratib ijro etishga katta ahamiyat berish lozim. Dasturda boshlang’ich sinf musiqa madaniyati darslarida raqs va musiqali harakatlarga alohida o’rin berilgan. Zero, bu faoliyat o’quvchilarda musiqiy qobiliyatlarni, xususan, ritm-usul tuyg’usi hamda asar badiyatini ifodalash malakalarini rivojlantirish bilan birga, ularning jismoniy rivojlanishlari uchun ham zarurdir.
B irinchi sinfda o’quvchilar darsning ritmik harakatlarini bajarish, raqs tushish qismida musiqiy tovushlarning baland va pastligini qo’l harakati (yuqoriga ko’tarib va pastga tushirib) ifodalash. Aytim mashqlari, «Andijon polkasi», «Chittigul», «Pianino» kuylari asosida, marsh musiqasiga qadam tashlash (F.Nazarovning «Marsh», «Asp bo’laman», «Bahor keladi») kabi kuylarga raqsga tushishadi. Shuningdek «Ufori», «Duchava» singari kuylarga mos harakatlarni bajarishadi. To’rtinchi chorakka kelib, sinf aytimiga «dirijyorlik» qilish («Bolalar va g’ozlar») «boshqarishni» mashq qilishadi.


Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin