Bolalar folklori



Yüklə 64,69 Kb.
səhifə2/12
tarix09.06.2023
ölçüsü64,69 Kb.
#127968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-maruza. Bolalar folklori Bolalar adabiyoti

AYTIM-OLQISHLAR erkalovchi motivdagi rasm-rusum qo‘shiqlari bo‘lib, asosan, bolalarning beshik davriga oid turli-tuman marosimlarda ijro etiladi: chaqaloq besh va to‘qqiz kunga to‘lganda, ilk bor cho‘miltirilganda, beshikka ilk bor va har gal bog‘langanda, yana qayta ochib olinganda, ilk bor tish yoriganida, birinchi marta mustaqil o‘tirganida, ilk bor oyog‘ida tikka turganida, birinchi marta odimlaganida, “toy-toy”laganida, har gal yangi kiyim kiygizganda, ilk bor ovqat yeganida, qizaloq sochini ilk bor yuvganda-taraganda, o‘g‘il bola sochi ilk bor olinganda, chaqaloq tirnog‘i ilk bor qirqilganda, bolalar sha’niga har gal isiriq tutatilganda, xullas, urfiyatga aylangan va e’tiqod bilan amal qilinadigan shu xildagi rasm-rusumlarning har biri mazmuniga yarasha aytim-olqishlar mavjud. Aytaylik, chaqaloq 7-9 oyligida ilk bor qadam tashlab mustaqil yurishga intila boshlaydi. Shunda uning qadami qutlug‘ va ravon bo‘lishi uchun oyog‘i chigilini echish rusumini bajarish an’anaga aylangan. Dastavval, bolakayning oyoqlariga ipak chilvir solib tushovlaganlar, so‘ngra u yuraboshlaganda boshidabir juft kulcha ushatila turib, orqa tarafidan bola oyog‘idagi chilvirni qaychilab kesa turib:
Adoq-adoq yurisin,
Tikan shunga kirmasin.
Ko‘zi qattiq bandalar,
Ko‘zi shunga tegmasin,
- deya alqaganlar.
deya alqaganlar. Ehtiyot chorasi sifatida darhol is chiqarilib, isiriq tutatilgan. Kulchalar marosim ishtirokchilariga taqsimlab berilgan. Odatda bu marosim haftaning xosiyatli kunlari sanalgan chorshanba, yo juma kunlarida nishonlangan.
Bunday marosimlarning ma’lum qismi ijtimoiy taraqqiyot tufayli endilikda so‘nishga yuz tutgan bo‘lsa-da, ma’lum qismi xalq an’analarining poetik uzvi sifatida hamon yashamoqda. Aytaylik, bolalarning yangi kiyim kiyishiga oid aytimolqishlar yangi ijtimoiy munosabatlar ta’sirida transformatsiyaga uchrab, tug‘ilgan kunni nishonlash jarayonida bolaga yangi kiyim kiydirish qutloviga aylangan:
San bir yillik,
Man ming yillik.
Kiya-kiya to‘zdiraylik,
Dugonalarimdan o‘zdiraylik
Bu xildagi aytim-olqishlarning ijrosidagi o‘ziga xoslik shundaki, ularni avval bolaga kiyim kiydiruvchining o‘zi aytadi, so‘ngra kiyim kiyayotgan boladan uni takrorlash talab qilinadi. Bola shu talabni ado etadi, xolos.
Aytim-olqishlar xalqimizda bolaparvarlik tuyg‘usining e’tiqod darajasiga ko‘tarilganligini ko‘rsatuvchi marosimiy qo‘shiqlardir.

Yüklə 64,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin