Bolalar folklori


ERKALAMA VA OVUTMACHOQlar



Yüklə 64,69 Kb.
səhifə3/12
tarix09.06.2023
ölçüsü64,69 Kb.
#127968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-maruza. Bolalar folklori Bolalar adabiyoti

ERKALAMA VA OVUTMACHOQlar ham suyish qo‘shiqlarining bir-biridan farq qiluvchi mustaqil janrlari sanaladi. Ovutmachoqlar kichkintoylar g‘ashlanganda, chinqirib yig‘laganda, ehtiyojga aylanish oqibatida yuzaga kelsa, erkalamalar uchun esa, kayfiyatning ko‘tarinkiligi muhimdir. Erkalamalar mehr xuruji jarayonida yuzaga keluvchi badihalardir. Ovutmachoqlar vaziyat taqozosi tufayli ehtiyojga aylansa, erkalamalar kayfiyat taqozosi tufayli yuzaga chiqadi.
ERKALAMALAR xalqning o‘z farzandlariga beqiyos mehr tovlanishlarini aks ettiradi:
O, shugina, shuginagina,
Munchagina tunchagina.
Shunchagina-kunchagina.
Yashnab turgan g‘unchagina.
Mehr xuruji ona qalbini tug‘yonga keltirganidan u shu so‘zlar tizimi ritmida arzandasini ardoqlash, erkalash ohangini chuqur tuygan. Erkalamalarda “-gina”, “- ginagina” qo‘shimchalari faol, ularda kichraytirishdan ko‘ra erkalash ma’nosi bo‘rtibroq tovlanadi.
Erkalamalarning “Ha, lo‘tti-lo‘tti”, “Ha, do‘rsa-do‘rsa”, “Ha, kishta-kishtakishta”, “Kishtala-kishtal” singari taqlidiy va so‘qma so‘zlar tizimidan iborat an’anaviy qolipga aylangan satrlar bilan boshlanuvchi qator turkumlari borki, faqat 2-3 yashar bolalarga mo‘ljallangan. Buning sababi – shu yoshdagi bolalar vaznining yengilligi, ularni havolata-havolata ko‘tarib tushirish o‘ngg‘ayligidir. Erkalama ham xuddi shu harakat ravishiga mutanosib ohangda shovqin solingan holda aytiladi:
Ha, do‘rsa-do‘rsa-do‘rsa.
Bozorga otasi borsa,
Go‘shtu birinch ketirsa,
Onasi pazanda bo‘lsa.
Bolasi xo‘randa bo‘lsa.
Erkalamalarda kichkintoylar kelajagiga daxldor orzularni kuylash-yetakchi motivdir. Ular, asosan, yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga aytilsa-da, aslida bolalarni faol erkalash jarayoni 11-13-yoshga to‘lganlaridagina va hatto undan keyin ham davom etishi mumkin. Biroq bu davrda erkalash poetik shaklda kechmay, maqtash, xatti-harakatni ma’qullash va minnatdorchilik izhoridan iborat obrazli iboralar (“Yasha!”, “Balli!”, “Ofarin!”, “Rahmat”, “Barakalla!”, “Baraka top!” va hokazo) va olqishlar vositasida amalga oshadi. Erkalamalar bolalarda samimiylik tuyg‘usini tarbiyalaydi.

Yüklə 64,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin