Bolalar folklori


VOQEABAND (SUJETLI) ALLALAR



Yüklə 64,69 Kb.
səhifə7/12
tarix09.06.2023
ölçüsü64,69 Kb.
#127968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-maruza. Bolalar folklori Bolalar adabiyoti

1.VOQEABAND (SUJETLI) ALLALAR. Buni allachilikning eng takomillashgan namunasi sanash mumkin. Bunday allalar yagona, yaxlit sujet (voqea)ga ega, barcha bandlardagi poetik muddao bir silsilada markazlashgan hayotiy voqealarningepizodlari uyg‘otgan kayfiyatlar tasviridan iborat bo‘ladi. Ularda kompozitsiya puxta: ekspozitsiya, tugun, kulminatsiya va yechim singari uzvlar mavjud:
Bulbul sayrar yozina, alla-yo alla,
Qulluq qush ovozina, alla-yo alla.
Manim bulbul shu o‘g‘lim, alla-yo alla,
Quloq qo‘ysin ovozima, alla-yo alla.
Bulbul kichkina qushdir, alla-yo alla,
Sahar ovozi xushdir, alla-yo alla.
Bermang bulbula ozor, alla-yo alla,
Bulbul beozor qushdir, alla-yo alla.
Bulbul sayrar chamanda, alla-yo alla,
Shu bag‘ri keng vatanda, alla-yo alla.
Uni aslo cho‘chitmang, alla-yo alla,
Sayrasin shu chamanda, alla-yo alla.
Bulbul uchar qo‘limdan, alla-yo alla,
Har kim qo‘rqar o‘limdan, alla-yo alla.
Shu bulbulim sayrasa, alla-yo alla,
O‘lim qochar yo‘limdan, alla-yo alla.
Allada ekspozitsiya – bulbulning yozda sayragan va maftunkorligining har qanday minnatdorlikka sazovorligi bo‘lsa, tugun – bulbul obrazidagi o‘g‘ilning kelajakdagi taqdiri, aniqrog‘i, kim bo‘lishi. Kulminatsiya esa shu bulbul – o‘g‘il taqdirining o‘limga ro‘para kelmasligi niyatidan tug‘ilgan tuyg‘ular qaramaqarshiligida ko‘rinadi. Nihoyat, shu o‘g‘il – bulbulning xushxon sayrab qolishi – o‘limni qochirishidan iborat taskin tugunning optimistik yechimi hisoblanadi.
Voqeabandlik xususiyatini nafaqat lirik, balki yumoristik hamda yig‘i va yo‘qlov xarakteridagi allalarda, shuningdek, badihaviy allalarda ham kuzatish mumkin.
2. PAROKANDA ALLALAR ham o‘zbek onalari repertuarida serob bo‘lib, ayni zamonda nisbatan faol yaratilmoqda. Ularning muhim xususiyati – yaxlit va izchil sujet negizida qurilmaganligidir. Bunday allalarda har bir band o‘zicha mustaqil, tugal motiv, yo mazmunga ega. Lekin mustaqillik boshqa belgi, xolos. Chunki mazmun mantiqan, baribir, bolaga qaratilganiligi tufayli bir necha bayt yoki band yagona bir ipga tizilgan bo‘ladi. Bunda vazn, qofiya, radif va naqarot singari badiiy-tasviriy hamda kompozitsion-struktural uzvlar kuchayadi. Allada parokandalikning yuzaga kelishida uni kuylayotgan ona kayfiyatidagi beqarorlik, aniqrog‘i, sarguzashtlari, hayotiy tashvishlaridagi omad va omadsizliklari, o‘kinchlari, armonlari girdobiga nechog‘lik chuqur kira borishi, mutaasirligi asosiy rol o‘ynaydi. Bunday vaziyatlarda “...o‘z mulohazalariga kuchli g‘arq bo‘lib ketish oqibatida ona chaqalog‘ining kelajak taqdirini va hayotining barcha davrlarinio‘ylay boshlaydi. Fikri bola atrofida aylanadi-yu, biroq qo‘shiqqa ozmi-ko‘pmi miqdorda onalik hislari va istaklarini singdirayotganini o‘zi sezmay qoladi” (A.Vetuxov). Natijada, onaning o‘y-mulohazalari ikki yo‘nalishga bo‘linadi: ham bolani, ham o‘zini o‘ylashga moyillasha boradi, oqibatda esa, ona o‘ymulohazalarida parishonlik-tarqoqlik yuzaga kela boshlaydi. Biroq onaning o‘zi haqidagi o‘y-mulohazalari aslida bolasi atrofidagi o‘y-mulohazalar zamirida kechadi. Bu esa alladagi sirtdan parokandaday tuyulayotgan motivga bir butunlik bag‘ishlab turadi.

Yüklə 64,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin