Ilmiy tadqiqot ishlari natijasida ich kiyimlik, paypoqliq va ust kiyimlik trikotaj
[11,12,13] mahsulotlarini ishlab chiqarishga erishildi.
Xozirgi kunda Respublikamizda “Qashteks”, “CHinoz to‘qimachi LTD”,
“Qobul – Farg‘ona KO”, “Oqsaroy to‘qimachi LTD” kabi qo‘shma trikotaj
korxonalari, Namangan viloyatida “Vodiy yog‘och savdo”, To‘raqo‘rg‘on tumanida
“Dilrabo SDA”, SHahand QFYda joylashgan IPOO “Alfi textil” qo‘shma korxonasi
va shu kabi ellikdan ortiq trikotaj-tikuv ishlab chiqarish korxonalari halqimiz
ehtiyojidagi sifatli ichki, yengil va ustki trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda.
Kiyimni konstruksiyalash jarayonida trikotaj polotnosining hisobga olinishi
zarur bo'lgan xususiyatlari.
Trikotaj buyumini konstruksiyalashda matoning xususiyatlarini inobatga
olgandagina trikotaj buyum talab darajasiga javob beradi.
Cho'ziluvchanlik- trikotaj matoning asosiy xususiyatlaridan biri bo'lib,
konstruksiyalashda e'tiborga olish zarur. Kuchli ta'sir ostida trikotaj mato
cho'ziladi va deformatsiyalanadi, lekin ta'sirdan olganldan so'ng u qisman
yoki to'liq o'z shaklini tiklaydi.
Trikotajda egiluvchan deformatsiya qancha ko'p bo'lsa, buyum shuncha
gavdaga mos yotadi va o'zining asl holatini saqlab qoladi. Trikotajda qoldiq
deformatsiya qancha ko'p bo'lsa, buyum shuncha tez foydalanish davrida asl
holatini yo'qotadi va yaroqsiz holga keladi.
Cho'ziluvchanlik va qayishqoqlik xususiyatlari trikotaj polotnoning
to'qilishiga bog'liq va ipning tolali tarkibiga bog'liq. Jun, kapron, tabiiy ipak,
paxta, viskoza, sintetik tolalar qayishqoqlik xususiyatiga ega.
Ko'pgina trikotaj polotnolar bo'ylama va enlarna cho'ziluvchan bo'ladi.
Eniga cho'zilganda polotnoning uzunligi qisqaradi.
Eniga cho'ziluvchanlik darajasiga ko'ra trikotaj matolar 3 guruhga bo'linadi:
kam, o'rtacha va juda cho'ziluvchan matolar. Erkaklar va ayollar buyumiga
mo'ljallangan har guruh matoga minimal miqdorida eniga tikish haqqi qo'yish
tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: