Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish


Ko'krak vitochkasini bel chizig‘iga ko'chirish



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

Ko'krak vitochkasini bel chizig‘iga ko'chirish.
Asos chizmasidagi bel vitochkasi qirqib olinadi. Bel vitochkaning uchi ko'krak 
vitochkasining uchi bilan tutashtiriladi. Shu tutashtirilgan chiziq bo'ylab qirqma 
hosil qilinadi. Ko'krak vitochkasini, uning tomonlarini bir-biriga to‘g‘rilab 
berkitiladi. Model bo'yicha bel vitochkasi tikiladigan bo'lsa, u holda, vitochkaning 
uchi 3-5 smga qishartiriladi (1-rasm, b). 
Ko'krak vitochkasini old bo'lak bo'yin o'mizi.
Vitochka bo'yin o'mizi chizig‘ining istalgan joyiga ko'chirilishi mumkin. 
Buning uchun old bo'lak bo'yin o'mizi chizig‘ida nuhta belgilab olamiz. Shu nuhta 
bilan ko'krak vitochkasi uchi tutashtiriladi. Shu chiziq bo'ylab qirqma hosil qilinadi 
(1-rasm, v). Ko'krak vitochkasi berkitiladi va yangi vitochka holati ochiladi. 
Ko'krak vitochkani old bo'lak yoqa o'miziga ikki qismga bo'lib ko'chirsa ham 
bo'ladi. Bunda vitochkani ko'chirish uchun ikkita chiziq o'tkaziladi. Vitochkani 
uchigacha, old bo'lak bo'yin o'mizi bo'ylab ochiq mayda taxlama hosil qilish ham 
mumkin.
 Ko'krak vitochkasini yeng o'mizi chizig‘iga ko'chirish.
Vitochkani boshlanish nuqtasi (1-rasm, g) chizmada ko'rsatilgandek topiladi. 
Yeng o'mizi chizig‘ida belgilangan nuqta ko'krak vitochkasi uchi bilan 


birlashtiriladi. Shu chiziq bo'ylab qirqma hosil qilinadi. Ko'krak vitochkasi 
berkitiladi va yangi vitochka holati ochiladi.
 
Ko'krak vitochkasini old bo'lak o'rta chizig‘iga ko'chirish.
Ko'chiriladigan vitochka chizig‘i belgilanadi (1-rasm, d). Birinchi chiziq 
ko'krak vitochka uchidan, ikkinchisi beldagi vitochka uchidan o'tadi. Ikkala chiziq 
ham simmetriya chizig‘iga perpendikulyar o'tkaziladi. Belgilangan chiziqlar 
bo'ylab qirqma hosil qilib, ko'krak va beldagi vitochkalar berkitiladi, yangi 
vitochka ochiladi. hosil qilingan vitochkalar odatda tikilmaydi. Yangi 
vitochkalarning kengligi o'rta chiziq bo'ylab burma hosil qilishga yoki mayda 
taxlamalar hosil qilishga ketadi.
Ko'krak vitochkasini istalgan chiziqlarga ko'chirib modellar hosil qilinadi. 
Lekin kiyim detallarini parallel va konussimon shakllarda kengaytirish hisobiga 
ham yangi model hosil qilinishi mumkin.

Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin