shakllari trapesiyamon va to'g'ri. Bolalar mustaqil ravishda kiyinib, yechinishlarini
rag'batlantirish maqsadida
qulay taqilmalar qilinadi, ular, albatta, kiyimning old
qismida joylashishi kerak, tugmalar qulay shakl va o'lchamlarida bo'lib, soni ko'p
bo'lmasligi kerak. Kiyimlarning old bo'laklari yorqin applikatsiyalar, kashtalar
bilan bezatilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi
bolalar kiyimlari serbezak,
shakllari erkin va yumshoq bo'lishi kerak. Ranglari yorqin va tiniq, detallari o'zaro
proporsional, bezaklari ifodali bo'lgan kiyim nafaqat estetik, balki tarbiyaviy
vazifalarni ham bajaradi.
Bolalar maktabga borishlari bilan ularda yangi majburiyatlar, mashg'ulotlar,
yangi kun tartibi paydo boladi. Bu yerda ular ongli ravishda va reja asosida bilim
olishni o'zlashtirib, yangi kollektiv hayotga moslashadilar.
Jajji maktab hayotini
hurmat qilishni o'rganadilar. Maktab o'quvchisining garderobiga maktab
formasidan tashqari sport kostyumlari, mehnat darsi
uchun ish fartuklari yoki
xalatlar, uy yumushlari va o'ynash uchun kiyimlar, hamda bayramona liboslar
kiradi.
Maktab o'quvchisining garderobida maktab
formasidan tashqari sport
kostyumlari (stadion va sport zallaridagi mashg'ulotlar uchun), mehnat darsi uchun
ish fartuklari yoki xalatlar, uy yumushlari va o'ynash uchun kiyimlar hamda
bayramona liboslar bo'ladi. Bunda komplekt uslubida
tikilgan kiyimlar unga
yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: