Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

 
 
 


 
 


 


1-rasm.Yenglarni texnik modellashtirish 
Yengning etak qismi egriligi tekis ravon egri chiziq qilib tutashtiriladi. Bunday 
yengning bo‘y ipi o‘rta chiziqda yoki unga nisbatan 45° burchak ostida tushishi 
kerak. 


Yuqoriga kengaygan yengni modellash uchun yeng asosini va o‘rta chiziqni 
qog‘ozga tushirib olinadi. 0‘rta chiziqqa yeng uzunligi 20-45 sm qo‘yiladi. Shu 
o‘rta chiziqqa parallel qilib 2-6 ta chiziq o‘tkaziladi va yeng boshi egri chizig‘idan 
boshlab yeng etagiga 0,3-0,5 sm yetkuncha qirqib boriladi. Yeng bo‘laklari 3-6 
smga ochiladi. Yengning yuqori egriligi ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi (1- 
rasm, v). Bunda yeng boshi chizig‘i 0,5-2,5 smga ko‘tariladi. 
Yenglaming shakli, ko‘rinishi, bezaklari kiyim fasoniga, gazla- maning 
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Ustki qismida tor va pastga qarab kengaytirilgan yeng shaklan qiziqarli (2-
rasm). U ham to‘g‘ri yeng asosida modellashtiriladi. Bu maqsadda yeng 
qiyamasi uchidan (O
2
nuqtadan) pastga vertikal bo‘yicha yeng old kesiki 
bo‘yicha 6-8 sm, orqa kesiki bo‘yicha 4-6 sm qo‘yiladi. Topilgan nuqtalar orqali 
yeng o‘mizining pasaytirilgan chizig‘i belgilanadi. Yengning qolgan qismi 8 
qismga bo‘linadi (har bir yarimtalikka 4 qismdan).
Yeng belgilangan chiziqlar bo‘yicha kesiladi va har bir hosil qilingan qism yeng 
qiyalamasining pasaytirilgan chizig‘i bo‘yicha o‘rtadan boshlab yon kesiklar 
tomoniga shunday kesiladiki, ular buzilib ketmasin. Yeng qismlari teng 
masofalarga suriladi (loyihalanuvchi klyoshga qarab 3-4 sm ga). Keyin yeng 
pastining yangi chizig‘i belgilanadi. Tayyor yeng pasti kengaytirilgan bo‘lib 
qolishi yoki manjetga burmalanishi mumkin. 
2-rasm. Pasaytirilgan kengaytirish chiziqli yeng chizmasini tuzish: 
a – asosga kesik chiziqlarini solish; b – yeng tayyor andazasi 
Tantanalar va kechalar uchun ko‘ylaklarga yeng boshi bo‘yicha fantaziyali 
burmalanishli yeng taklif etiladi (3-rasm). Andaza tayyorlash uchun kesiklar 
vertikal chiziqlari belgilanadi, shu asosida kesib va 2-3 smga shakl hosil 
qilinadi. Chiziqlar bo‘yicha detal uzunasiga konussimon suriladi.


Yengni manjetga ulashdan keyin hajmli taxlamalar chizig‘ini bo‘ylab yumshoq 
burmalanish bilan tushadi
.

Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin