Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

Mashg‘ulotni yakunlash 
1.Mavzuni umumlashtiradi. Xulosa qiladi. 
Faol ishtirok etib amaliy topshiriqni bajargan 
o‘quvchilarni rag‘batlantiradi. 
Uyga vazifani berilishi 
2. Kelgusu mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish 
Eshitadilar 
Yozib oladilar
 


1-ilova 
Tezkor savollar 
2-ilova 
3-ilova 
bo‘yicha yo‘riqnoma beradi (7-ilova).
 


4-ilova 
5-ilova 
32-mavzu: O‘g‘il bolalar sorochkasini modellashtirish 
Reja: 
1
.Sorochka ort bo‘lagini modellash; 
 


2.Sorochka old bo‘laklarini modellash;
3.Sorochka yeng va yoqasini modellash;
O‘g‘il bolalar sorochkasi uchun model tanlashda va konstruktsiyalashda 
gavda, qomat va figuraning xususiyatlari hisobga olinadi 
Sorochkasi uchun yoqalar yaxlit bichilgan tik yoqali, qirqma tik yoqali, tik 
yoqa (stoyka), qaytarma konstruktsiyali bo‘lishi mumkin. (1-rasm).
Yoqa o‘lchami, shakli va bezagi modelga bog‘liq. Bezak sifatida tasma, kant, 
tugma, krujevo va kashta qo‘llaniladi.
1-rasm. Sorochkani modellashtirish


Sorochka taqilmasi uning modelining asosiy belgisidan biridir. Taqilma yuqoridan 
pastgacha, ochiq holda bo‘yin o‘mizidan old bo‘lakning o‘rtasigacha yoki undan 
yuqoriroqda loyihalanishi mumkin. (2-rasm).
2-rasm. Sorochkani modellashtirish. 
Taqilmaga ishlov berish usuliga qarab qirqma va yaxlit plankada, old bo‘lak bilan 
yaxlit bichilgan va qirqma adipli, yashirin holda loyihalanishi mumkin. Eng ko‘p 
tarqalgan taqilma turi sorochka bortiga bo‘yin o‘mizidan etakkacha planka bilan 
ishlov berishdir. Adipli taqilma katta yoshdagi O‘g‘il bolalaruchun mo‘ljallangan 
modellarda ko‘p uchraydi. Sorochka tugmasining o‘rni o‘ng old bo‘lakda, izma esa 
chap old bo‘lakda belgilanadi. Taqilma tugmaga, pistonga, ilgakka, bog‘ichga, 
«molniya» ga taqilishi mumkin.


O‘g‘il bolalarsorochkasini modellashda unifikatsiyalangan bo‘laklardan keng 
foydalaniladi. Katta bo‘laklar (old, ort, yeng, koketka) bilan birga mayda bo‘laklar 
ham unifikatsiyalangan bo‘lishi mumkin. Bitta asos konstruktsiya asosida 
unifikatsiyalangan bo‘laklarni almashtirish vositasida bir necha modellarni qurish 
mumkin. Cho‘ntak, yoqa, qotirma bo‘laklari ham unifikatsiyalangandir. 
O‘g‘il bolalar sorochkasini modellash bosqichlari sorochka vazifasiga, 
uslubiy yechimiga (sport, klassik, romantik, milliy) bog‘liq: O‘g‘il bolalar 
sorochkasini modellash namunalari 2-rasmda ko‘rsatilgan. 
3-rasmda O‘g‘il bolalar sorochkasining namunaviy varianti ko‘rsatilgan. Bu 
sorochka kalta yengli, yoz mavsumi uchun mo‘ljallangan, klassik uslubda 
bo‘lib, turli yosh guruhlaridagi (kichik, o‘rta, katta) erkaklarga tavsiya etiladi. 
Sorochka taqilmasi plankada 6 tugma va izmali bo‘lib, yoqasi yaxlit tik 
qaytarma yoqali bo‘ladi. 
Chap tomonida bitta qoplama cho‘ntak tikilgan. Yengi kalta va manjetli 
yoqa chetlari, taqilma plankasi va manjet chetiga bezak choki tikilgan. 4, 5, 6-
rasmlarda 
O‘g‘il bolalarsorochkasining old va ort bo‘laklari model 
konstruktsiyasining chizmasi ko‘rsatilgan. 

Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin