Amaliy o‘quv mashg‘ulotning o‘qitish texnologiyasi
33-MAVZU: QIZ BOLALAR SHIMINI MODELLASHTIRISH
O‘quv mashg‘ulotning o‘qitish texnologiyasi modeli
Vaqt: 80 daqiqa
Ta’lim oluvchilar soni: 26-30 nafar
O‘quv mashg‘ulotning shakli va turi
Amaliy
O‘quv mashg‘ulot rejasi
1.Model tavsifi.
2.Shim konstruksiyasini modellashtirish.
3.Shim asosiy andoza chizmasidan shimning
turli modelini yaratish.
O‘quv mashg‘ulot maqsadi: Qiz bolalar shimini modellashtirish bo‘yicha yangi
ma’lumotlar berish, bilim va malakalarni shaklantirish. O‘quvchilarning estetik did ijodiy
qobiliyatlarini shakllantirish.
O‘qitish natijasi:
Qiz bolalar shimini modellashtirish bo‘yicha
ko‘nikmalar shakllantiradi.
Pedagogik vazifalar:
1. Shim modelini tavsiflash.
2.Shim
konstruksiyasini
modellashtirishni tushuntirish.
3.Shim asosiy andoza chizmasidan
shimning turli modelini yaratishni
ko‘rsatib berish.
O‘quv faoliyatning natijalari:
1.Shim modelini tavsiflaydilar.
2.Shim
konstruksiyasini
modellashtirishni
tushuntirib beradilar.
3.Shim asosiy andoza chizmasidan shimning turli
modelini yaratishni amalda bajaradilar.
O‘qitish metodlari
Amaliy ish usuli, tushuntirish, ko‘rsatma
berish, BBxB-jadvali, “Ha” yoki “Yo‘q” usuli,
savol-javob
O‘quv faoliyatni tashkil etish
shakllari
Ommaviy, jamoaviy, yakka tartibda
O‘qitish vositalari
Ma‘ruzalar matni yozuv doskasi, tarqatma
materiallar, grafik organayzerlar, shim
eskizlari, vizual didaktik materiallar
.
O‘qitish shart-sharoiti
Maxsus texnik vositalari bilan jihozlangan
auditoriya
Qaytar aloqaning usul va
vositalari
Tezkor-so‘rov, savol-javob, bajargan o‘quv
topshirig‘ini baholash.
Dostları ilə paylaş: