5-rasm. Kundalik kiyim
6-rasm. Tantanali kiyimlar
Quyida bolalar kiyimi assortimenti turlari keltirilgan. Ko‘ylak - kiyimni yig‘ma
shakli, ichki kiyim ustidan kiyiladi. Lif va yubkadan tashkil topgan qiz bolalar
yengil kiyimi.
Sarafan-qiz bolalar yengsiz kiyimi turi Ko‘ylak-sorochka - erkaklar
sorochkasiga o‘xshagan o‘g‘il bolalar to‘g‘ri va yaxlit bichimli kuylak turi.
Fartuk-ko‘ylak - old bo‘lagi bir biriga o‘tgan (zapaxli) ko‘ylak turi
Yubka - turli uzunlikdagi bel kiyim turi Mini
yubka - tizzadan yuqoridagi
uzunlikdagi bel kiyim turi Midi yubka - boldir o‘rtasigacha uzunlikdagi bo‘lgan
bel kiyim turi
Maksi yubka - to‘piqgacha uzunlikdagi bel kiyim turi Klesh-yubka - bo‘ksa
qismidan kengaygan yubka Yubka-gode - bo‘ksa chizig‘idan yoki tizza chizig‘idan
kengaygan yoki klinlardan tashkil topgan yubka
Kuyosh bichimidagi yubka - tekislikda aylana shaklidagi konstruksiyaga ega
bo‘lgan yubka
Yarim-kuyosh yubka - tekislikda yarim aylana shaklidagi konstruksiyaga ega
bo‘lgan yubka
Portfel yubka - taqilmasi oxirigacha, tizzagacha yoki belida belbog‘li
ochiq
taqilmali bir birini yopib turadigan bel kiyimi Shim- belbog‘li va molniya tasmali
(o‘rtasida go‘lfik) va ayollarda yon chokida taqilmali bel kiyimi
Djinsi shim - ko‘k (indigo) rangga bo‘yalgan djinsi (denim) matodan uzun
bezak chokli, qoplama cho‘ntakli taqilmasi tugmali yoki molniya tasmali va ishlab
chiqargan firma yorliqlari tushirilgan bel kiyim
Banan shim - beli qismida vitochkalarni o‘rniga taxlamali bo‘ksa qismida
kengayib, pocha qismiga kelib toraygan shim turi
Golf-shim - etak qismi tizzadan pastroqda ulama manjetli o‘rta kenglikdagi
shim turi
Bridji - ilgarilari ot minish uchun mo‘ljallangan
tepasi keng tizza qismidan
toraygan shim turi; Galife kabi uni ham uzun etiklar bilan kiyishgan, hozirda esa
bridji deb ancha tor, tizzagacha bo‘lgan ishtonni atashadi.
Kapri - tizzadan pastroqdan tor shim Shortik - kalta shim
Klassik shortik - dastlab sport kiyimi yoki safari
uslubidagi kiyim elementi
bo‘lib tanilgan, belbog‘li, kamar tutgichli, qaytarmali kalta ishton
Kombinezon (fr. - combinaison, birikma, bog‘lama) - kiyimni tepa qismini va
shim yoki shortikni birikmasidan iborat (ko‘p hollarda yengli) ustki kiyim turi.
Ayrim hollarda kombinezon kapyushon bilan to‘ldiriladi
Kombinezon-ko‘ylak - kiyimni tepa qismini va keng shimni yoki keng shortikni
birikmasidan iborat ustki kiyim turi.
Ko‘ylakni ustidan kiyiladigan kiyim - palto, kurtka,
plash va hokazolar -
kostyum-ko‘ylaklik assortiment deb ataladi.
Kostyum - bir xil matodan tikilgan bir necha qismdan (ikki yoki uch) iborat
kiyim turi (pidjak-shim, jaket-yubka, jilet-yubka- shim)
Palto - ochiq markaziy taqilmali, taqilmasi tepadan pastgacha bo‘lgan, yengli
(uzunligi 3/4 , yoki kaftgacha), cho‘ntakli va yoqali ustki kiyim turi. Odatda palto
astar bilan tikiladi. Palto qishki va mavsumiy bo‘lishi mumkin, to‘g‘ri, trapetsiyali,
yarim yopishgan va yopishgan siluetli bo‘lishi mumkin. Yengi tutashtirma, reglan,
kombinatsiyalashgan va yaxlit bichilgan bo‘lishi mumkin.
Shuba - tabiiy yoki sun’iiy jundan tayyorlangan palto Dublenka- maxsus ishlov
berilgan terilardan tayyorlangan palto turi (ko‘pincha qo‘y
terisi juni ichkariga
qilib tikiladi)
Daflkot - jun matodan tikilgan taqilmasi shnur yoki charm shnur va tugmasi
cho‘p shaklidagi katta-katta yog‘ochli, kapyushonli yarim palto turi
Plash - yengsiz yopinchiq turdagi yoki suv o‘tkazmaydigan gazlamadan tikilgan
astarli yengil palto turi
Poncho- bosh uchun tirqish qoldirilgan ikki kismli to‘rtburchak shakldagi
gazlamani bir biriga biriktirlgan kiyim Pelerina- ko‘ylak
yoki palto ustidan
kiyiladigan belgacha keladigan yopinchiq
Kurtka - aniq shakli bo‘lmagan taqilmasini uzunligi har xil bo‘lgan yelkali ustki
kiyim
Vetrovka- shamoldan va yomg‘irdan himoya qiluvchi qulay, ko‘pincha astarsiz
ustki kiyim turi
Roker kurtkasi (perfekto, «kosuxa») - qaytarma yoqali, uzunligi belgacha,
taqilmasi assimetrik shakldagi charm kurtka Jaket- uzunligi belgacha yoki
bo‘ksagacha bo‘lgan yengli, yoqali, cho‘ntakli yelkali ustki kiyim.
Bu tushuncha
erkaklar va ayollarga birdek tushuniladi
Jilet- uzunligi belgacha yoki bo‘ksagacha bo‘lgan yengsiz, yelkali ustki kiyim
turi. Yoqali yoki yoqasiz bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: