Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna
3. Taxlamalar, relef choklar, bezak choklar orqali bezak berish.
Tayanch so‘z va iboralar : dekorativ bezaklar, furnituralar,lentalar, tasmalar,
tasma, to'r, lenta,mo‘yna.
Bolaning shaxsiyati ko'p jihatdan uni o'rab turgan dunyoga bog'liq. Kiyimlar
doimo bolaga hamroh bo'lgani uchun ular ham yorqin va rangli bo'lishi kerak.
Shuning uchun bolalar kiyimlarini modellashtirishda bezak berish usullariga
alohida ahamiyat berish talab etiladi. Bolalar kiyimlariga bezak berish usullarini
to‘g‘ri tanlash kiyimning qaysi maqsadda kiyilishini, kiyimga bezak berish miqdori
uning proporsiyasiga muvofiqligini bilish lozim. Bundan tashqari kiyimlarga bezak
berishda bolaning yosh xususiyatlari inobatga olinadi. Bezaklarning turli tuman
xillari mavjud. Bezak sifatida ko'proq furnituralardan (tugmalar, piston, zamok,
ilgak va hokazolar), hamda bezak gazlamalardan (tasma, to'r, lenta va hokazo)
foydalaniladi. Bezakning chiroyli turlaridan biri kashta, applikatsiya hisoblanadi.
Material va shakliga ko‘ra bezak elementlari va pardozlash usullari turli tuman
bo‘lishi mumkin. Model eskiziga binoan kiyimga bezak berish usullarini 6
guruhga bo'lish mumkin:
•
burmalar, buflar, gofrelar, drapirovkalar, taxlamalar, relef choklar, bezak
choklar orqali bezak berish
•
Detallar bilan bezak berish. Bu detallar asosiy matodan yoki bezak
matodan bo‘lishi mumkin. Ularga volanlar, kantlar, galstuklar va bezak qopqoqlar,
xlyastiklarni misol qilib olishimiz mumkin.
•
Maxsus bezak materiallar bilan bezak berish. Krujeva, tasma, shnur,
baxroma, gullarni misol qilib olish mumkin
•
Furnituralar bilan bezak berish. Tugmalar, ilgaklar, molniya-tasmalar,
knopkalar,
•
Kashta, applikasiya va emblema bilan bezak berish.
•
Boshqa turdagi matolar bilan ishlov berish. Tabiiy va sun’iy mo‘yna yoki
charm, zamsh.
•
Bosma rasm bilan ishlov berish