4-ilova
36-mavzu: Bolalar kiyimlaridagi uchraydigan nuqson turlari.
Reja:
1.Kiyimdagi nuqson turlari
2.
To‘quvchilik nuqsonlari
3. Konstruktiv nuqsonlar
Sifatli, raqobatbardosh, har tomonlama is’temolchi talablariga javob
beradigan kiyimlarni ishlab chiqarish tikuv korxonalarining asosiy vazifalaridan
biridir. Ammo ishlab chiqarish jarayonida ayrim kiyimlarda nuqsonlar uchrashi
ixtimoldan holi emas.
Kiyimdagi nuqsonlar - bu buyum tashqi ko‘rinishini buzadigan taranglik,
g‘ijim, keraksiz burmalar va taxlamalar, qishaishlar sifatida namoyon bo‘ladi.
Kiyimlarda uchraydigan nuqsonlarni 3 turga bo‘lish mumki
n:
-
to‘quvchilik nuqsonlari;
-
konstruksiya nuqsonlari -texnologik nuqsonlari.
To‘quvchilik nuqsonlarga
matoning
chegaralangan
joyidagi
nuqsonlar(teshik, ipning qalinlashganligi, arqoq ip siyrak joylar va x.k.) va
matoning yuzasi bo‘yicha tarqalgan nuqsonlar ( notekis bo‘yoq, matoning
qalinligi).
Konstrkutiv nuqsonlar
kiyimning o‘lchami va shakli qomat shakliga mos
emasligi sababli paydo bo‘ladi. Ular kiyimga gorizontal, vertikal, qiya taxlama,
g‘ijimlar, burchak taxlamalari, muvozayatining buzulishi va dinamik nomoslik
nuxsonlari sifatida nomoyon bo‘ladi.
Texnologik nuqsonlar
detalllarning noto‘g‘ri bichilishi, detallarni
biriktirishda texnik shartlarga rioya qilinmaganligi, biriktiruvchi kertiklar surilishi
natijasida konstruktiv chiziqlar shakli buzilganda nomoyon bo‘ladi. Detallar
qirqimi biriktirilishda kam kirishtirilsa yoki yetarli cho‘zilmasa, choklar qishaysa,
paketni tuzuvchi astar va qotirmalar detallar bir-biriga shakli va tanda ipining
yo‘nalishi mos kelmasa, tikish texnologiyasining nuqsonlari paydo bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: