1.Shakllantirish nuqsonlari-kiyim detallarining . o‘lchamlari va konfigurasiyasi
moda yo‘nalishiga to‘g‘ri kelmasligi natijasida uning shakli, proporsiyasi, hajmi
buzi- lishida hamda kiyimni hajmiy jihatdan shakllantirishda noto‘g‘ri usullar va
modelga mos kelmaydigan material tanlashda namoyon bo'ladigan nuqsonlardir.
Masalan, erkin hajmiy shakl qattiq materiallardan hamda viachkalar yordamida
hosil qilinmaydi.
Vitachka, bo'rtma choklar va h.k. joylarini aniqlashda kiyimning umumiy shakli
hisobga olinmaydi. Masalan, modaga mos yassi shakllami hosil qilishda bo‘linish
chiziqlari ko‘krak yoki orqa markaziga juda yaqin o‘tkaziladi, bu kiyimni
dumaloqroq va sirtini bo‘rttirib ko‘rsatadi.
Bu nuqsonlar tufayli yon chok bo‘ylab bittagina taxlama hosil bo‘ladi, natijada
kiyimning umumiy shakli yassi-lanadi.
Ushbu nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida buyum chizmasini to‘liq yoki
qisman qaytadan ishlab, zarur o‘zgarishlar kiritiladi.
2.Statikada kiyim konstruksiyasining nuqsonlari
a)old-orqa balansining buzilishi;
b)yon balans buzilishi;
v) tarang gorizontal taxlamalar;
g) bo‘sh gorizontal taxlamalar;
d) yelpig‘ichsimon va qiya siniq chiziqlar.
Dostları ilə paylaş: