Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish


Gavdaning antropometrik nuqtalari va chiziqlari



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

 
 Gavdaning antropometrik nuqtalari va chiziqlari 
Ko‘plab ishlab chiqariladigan kiyimlarni loyixalash va asosiy bazalarni ishlab 
chiqish uchun maishiy xizmat tizimidagi loyixachiga standart jussalar

ya’ni 
mamlakatning jami axolisiga xos jussalar o‘lchamining mukammal 
xarakteristikasi kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlarni antropometrik tekshirish

ya’ni 
kishining gavdasini va uning qismlarini o‘lchash yo‘li bilan xosil qilish mumkin. 
Bu ish a n t r o p o m ye t r i ya deb ataladi. Antropometrik tekshirishlar vaqtida 
gavdaning muayyan nuqtalari – antropometrik nuqtalar oralig‘i yoki yumshoq 
gazlamada aniq bilinib, ko‘rinib turadigan chegaralar

teridagi o‘ziga xos nuqtalar 
bo‘yicha o‘lchanadi. O‘lchov belgilarini xosil qilish uchun quyidagi antropometrik 
nuqtalardan foydalaniladi: 
Konstruksiyalash maqsadida quyidagi nuqtalardan foydalaniladi (8-rasm)
.
 


8-rasm. Gavdaning antropomotrik nuqtalari 
Odam gavdasidagi antropometrik nuqtalar 
a-cho‘qqi nuqtasi (bosh eng cho‘qqi nuqtasi); 
b-bo‘yin nuqtasi (yettinchi bo‘yin umurtqasining o‘tkir o‘simta uchi); 
v-bo‘yin asosining nuqtasi (bo‘yinning aylana chizig‘i yelka qiyaligi chizig‘i 
bilan kesishgan nuqtasi); 
g-o‘mrov suyagining nuqtasi (o‘mrov suyagining to‘sh suyagiga birikkan yuqori 
nuqtasi); 
d-to‘sh suyagining yuqori nuqtasi (to‘sh suyagi yuqorisidagi qirqimning o‘rtasi); 
y-to‘sh suyagi o‘rtasidagi nuqta (to‘sh suyagining o‘rta chizig‘ida to‘rtinchi juft 
qovurg‘alar uchi birikkan sathda joylashgan); 
j-yelka akramial nuqtasi (ko‘ktak akramial o‘simtasining yon tomonidagi yeng 
bo‘rtgan nuqtasi); 
z-yelka nuqtasi; 
i-tirsak nuqtasi (bilak suyagining tashqi tomonidagi yuqori uchi); 
k-ko‘krak uchi nuqtasi; 
l-qirra nuqtasi (yon bosh suyak qirrasining chekka eng ko‘proq turtib chiqqan 
nuqtasi); 
m-tizza nuqtasi (tizza qopqog‘ining markazi); 
n-qo‘ltiqnimg oldingi burchagi (qo‘l pastga tushurilgan holda qo‘ltiq 
chuqurchasining oldingi cheti hosil qilingan yoyning eng baland nuqrasi); 
r-bel chizig‘ining balandligi nuqtasi. 
Gavdadan olinadigan barcha o'lchovlar vertikal va gorizontal tekislikda 
o'lchanadi. Shuning uchun gavdada gorizontal va vertikal konstruktiv chiziqlar 
mavjud. 
Gorizontal konstruktiv chiziqlarga huyidagilar kiradi (9-rasm): 
Bn – bo'yin konstruktiv chizig‘i – bo'yin o'yindisi va yoqani shakllantirishda 
ishtirok etadi. 


E – yelka konstruktiv chizig‘i – yelkali kiyimlarni loyihalashda ishtirok etadi. 
K – ko'krak konstruktiv chizig‘i – kiyim kengligi va razmerni anihlashda 
ishtirok etadi. 
Bl – bel konstruktiv chizig‘i – bel kiyimlarini loyihalashh hamda kiyimlarni bel 
qismida lif va etak qismiga bo'linadigan chizig‘i hisoblanadi. 
Bk – bo'ksa konstruktiv chizig‘i – kiyimning bo'ksadagi kengligi va razmerini 
anihlashda ishtirok etadi. 
9-rasm. Gavdaning antropometrik chiziqlari 
T – tizza konstruktiv chizig‘i – kiyimning tizzadagi kengligini anihlashda 
ishtirok etadi. 
Th – to'lih konstruktiv chizig‘i – kiyimning pocha qismi kengligini anihlashda 
ishtirok etadi. 
h – ho'l konstruktiv chizig‘i – Yengning yuhori va etak qismi kengliklarini 
anihlashda ishtirok etadi. 
Vertikal konstruktiv chiziqlarga huyidagilar kiradi: 
1 – orhaning o'rta markazidan o'tadigan konstruktiv chiziq. 
2 – bo'yin asosi kengligi konstruktiv chizig‘i. 
3 – yon konstruktiv chizig‘i. 
4 – oldinda o'rta markaziy konstruktiv chiziq. 
Gavdani konstruktiv nuqtalari va chiziqlarini belgilash uchun odam gavdasini 
chizib o'rganish hulaydir. 

Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin