5.Qorinning ham asosiy uchta shakli mavjut: tekis, ichga tortilgan va dumaloq-
do‘ppayib chiqib turgan holati mavjud. Qorinning shakli jinsga, yoshga va oriq-
semizlikka bog‘liq bo‘ladi.
6.Orqa odatdagicha yoki umurtqa bo‘limlari salgina bo‘rtib chiqqan
(to‘lqinsimon), bukchaygan va to‘g‘ri bo‘lishi mumkin.
7.Umumiy belgilari deganda,
tananing uzunligi, odamning bo‘yi, ko‘krak
aylanasi hamda vazni kabi eng yirik belgilar tushuniladi.
QIZ BOLALAR KO`YLAGI KONSTRUKSIYASINI QURUSH.
Bolalar kiyimini chizmasini chizish va tekshirishdan oldin ularning gavda
tuzilishi, gavdadan o‘lchamni to‘g`ri olish lozimdir. Bolalar gavdasidan o‘lcho‘v
olinayotganda ularning egnida yengil ko‘ylak yoki ich kiyim bo‘lishi lozim.
Shunda olingan o‘lcho‘v chizmada to‘g`ri belgilanadi va tikilgan kiyim chiroyli
ko‘rinishga ega bo‘ladi.
O‘lchov olishda quyidagilarga amal qilinadi.
- O‘lchov gavdaning o‘ng tomonidan belgilanadi.
- Belning ixcham joyidan belbog bilan boglanadi.
- O‘lchov olinayotganda gavdani to‘gri, bo‘sh tutib, turish kerak.
Aks xolda
o‘lchov noto‘gri chiqadi.
- O‘lchov santimetr lentasi bilan amalga oshiriladi, uni tortib yoki bo‘sh qilib,
o‘lchash mumkin emas.
- Uzunlik o‘lchovlari to‘gri yoziladi. Kenglik va aylana o‘lchovlarining esa yarmi
yoziladi.
- Kiyim andazasini chizishda uni kiyadigan kishining bo‘y-bastiga e’tibor berish
kerak, chunki kiyimni tikishda buning katta axamiyati bor.
Odamlar qaddi -
qomatiga ko‘ra asosan quyidagicha bo‘ladi.
1. Bo‘y - basti kelishgan odam
2. Gavdasi sal bukchaygan odam
3 Qaddi kekkaygan odam
Bo‘y-basti kelishgan ya’ni gavdasi normal kishining ko‘kragi yaxshi rivojlangan
va orqasi to‘gri bo‘ladi, kuraklari chiqib turmaydi.
Gavdasi sal bukchaygan
kishining orqasi yumaloqroq, ko‘kragi ichiga tortilgan
bo‘lib, qorni sal chiqib turadi.
Kaddi kekkaygan kishining ko‘kragi oldinga chikib turadi,
orqasi tekis va beli
ichiga tortilgan bo‘ladi.