Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish


Bolalar razmerlari tipologiyasi tuzilishining xususiyatlari



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

Bolalar razmerlari tipologiyasi tuzilishining xususiyatlari 
Bolalar razmerlari tipologiyasi katta yoshli aholi tipologiyasidan jiddiy
farqlanadi. Bolalarda o‘sish jarayoni bir tekisda o'tmaydi. Teng yoshli bolalar
tanasining o‘Lchamlari keng miqyosda tebranib turadi, yoshi oshgan sari
tananing mutanosibligi ham o'zgaradi. Bolalar guruhida o'lchamlar va ular
birikmalarining taqsimoti normal taqsimotdan keskin og‘adi. Shu bois bolalar
o'lchamlari tipologiyasi maxsus, o‘ziga xos metodika bo‘yicha tuziladi. 
Bolalar tanasining o‘lchamlari ikki yo'nalishda o'rganiladi. Yoshi keng
miqyosda olingan (masalan, 3 yoshdan 18 yoshgacha) bolalar guruhi bir 
vaqtda o ‘lchanadi. Bunday usul ko ‘ndalang tadqiqot usuli deyiladi [15]. 
Bolalar tanasi yoshiga xos o'zgaruvchanliklarga ega bo‘lganligi sababli
ularni o ‘lchash ishlari va statistik parametrlar (x, 8 va h.k.) hisobi intervali
bir yilga teng guruhlar bo'yicha olib boriladi, aks holda, natijalar normal
taqsimot qonuniyatiga bo‘ysunmaydi. 
Lekin har xil yoshdagi bolalarning tanasi bir xil o'lchamlarga ega 
bo'lishi mumkinligini hisobga olsak, ularga mo‘ljallangan kiyim yoshi bo‘yicha
loyihalanmaydi. Shu bois awalgidek o'xshash tuzilishli har xil yoshdagi
bolalar yirik guruhlarga ajratiladi (1.1-jadval). 
Bolalar yoshi va unga muvofiq bo‘ylar guruhlari 


Guruh 
raqami 
Yoshga oida guruhlar 
Bo‘ylar bo‘yicha guruhlar 
O‘g‘il bolalar guruhi 

3 yoshdan 5 yosh 11 oygacha 
 
80, 86, 92, 98, 104, 110 
 

6 yoshdan 12 yosh 11 oygacha
 
116, 122, 128, 134, 140,
 

13 yoshdan 15 yosh 5 oygacha 
 
146, 152, 158, 164
 

Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin