Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

3-bosqich 
Yakuniy 
(5daqiqa).
Mashg‘ulot yakuni: 
1.Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini 
va bajargan amaliy ishlarini izohlab baholaydi

Uyga vazigani berilishi: 
2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish 
yuzasidan yo‘riqnoma beradi (7-ilova
)
Baholari bilan 
tanishadilar. 
Topshiriqni yozib 
oladilar. 
1-ilova 
“Ha” yoki “Yo‘q ” usuli 
T/r 
Savollar
Javoblar 
1. 
Shim uzunligi beldan tizzagacha o‘lchanadi 
Yo‘q 
2. 
Shim belda turadigan kiyimmi?
Ha 
3. 
Shim poycha kengligi moda yo‘nalishiga 
bog‘liqmi?. 
Ha 
4. 
Shimnin bel qismida vitachka bo‘ladimi? 
Ha 
5. 
Qiz bolalar bilan o‘g‘il bolalar shimi bir-
biridan farqlanmaydi?
Yo‘q 
(farqlanadi) 
2-ilova 
3-ilova 


4-ilova
9-mavzu: Mаktаbgаchа yoshdаgi bolаlаr shortigi konstruktsiyasini qurish 
uchun o‘lchаmlar. 
Reja:
1.Bolalar kalta shim turlari. 
2. Kalta shim silueti shakli
3.O‘g‘il bolalar kalta shimi uchun o‘lchov olish

Tayanch so‘z va iboralar
: kiyimining formasi, sifat 
O‘g‘il bolalar kiyimining formalari va modalari tobora ko‘payayotganligi 
katta yoshdagi kishilar kiyimlarining turlari hamda formalarining ko‘payishi bilan 
chambarchas bog‘liq. 


Hozirgi bolalar kiyimining asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri uning 
funktsionalligidir. Kiyimning funktsionalligi kompleks tushuncha bo‘lib, 
kiyimning konstruktiv va estetik xarakteristikasini, unga qo‘yiladigan fiziologik, 
sotsial va texnologik talablarini o‘z ichiga oladi. 
Maktab yoshidagi bolalarning kiyimlari xilma-xilligi bilan ajralib turadi. 
Maktab bolalarining kiyimlar garderobini maktab formasidagi o‘quvchilar kiyimi 
bilan bir qatorda, sport kiyimlari tashkil etadi. Kundalik kiyimning turli uslubdagi 
formalari va qat-qatligi bilan xarakterlanadi. Ko‘proq to‘g‘ri bichimli tikilishi 
uning yeng o‘miziga o‘tqazib tikiladigan yoki reglan bichimli yoki 
kombinatsiyalashtirilgan bo‘lishi mumkin, cho‘ntaklar turli bo‘lishi mumkin. 
Formalar universallashtirilishi natijasida beshta yosh guruhi o‘rniga ikki 
guruh qoldirildi: 3 dan 12 yoshgacha va 12 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar 
guruhlari, 12 yoshgacha bo‘lgan davr modaga beparvo qaraladigan davr 
hisoblanadi. Bu guruhga mansub bolalarning kiyimlari qulay, shinam, maqsadga 
loyiq qilib tikilishi bilan birga, badiiy bezatiladi. Bu: applikatsiya, kashta, kiyimni 
chiroyli ko‘rsatadigan rasmlar atrofdagi muhitni bilish vositalari hisoblanadi. 
12 yoshdan katta boalalarning kiyimlari katta yoshdagi kishilarning 
kiyimlariga oz-ozdan o‘xshatila beriladi. 
Bolalar modasida yangilik, birinchi navbatda, yangi turdagi kiyim 
assortimentlarini 
ko‘payishidir. 
Bolalar 
kiyimini 
loyihalashning 
asosiy 
yo‘nalishlaridan biri-kiyimning kombinatsiyalashtirilgan formasini hosil qilish 
bilan birga, ayrim buyumlarning o‘zaro almashuvchanligiga erishishdir. 


O‘g‘il bolalar kalta shimlari bichig‘ida klassik elementlari-yon va odim 
choklari, bel chizig‘ida qirqma belbog‘i borligi, shimning pocha tomoni bir oz 
kengaytirilganligi bilan ajralib turadi. Alohida kiyiladigan shimlar bichig‘i juda 
xilma-xil bo‘lishi mumkin: vertikal yoki gorizontal yo‘nalgan choklari bor, tizza 
chizig‘i shakldor, gavdaga tarang yopishib turadigan, koketkali bo‘lishi mumkin. 
Yonlari yo‘rma chok bilan bostirib tikilgan, kashta tikilgan yoki shim pochasiga 
kesimi bo‘lishi mumkin. Molniyasi oldida yoki yon chokida bo‘lishi mumkin. 
Shimning yuqori qirqimiga tarang qilib belbog‘ ulanadi, ba’zan korsaj tasma 
qo‘yiladi. Shimda turli cho‘ntaklar tikilishi mumkin, shim pochasi manjetsiz 
bo‘ladi.
Kalta shim qayerda kiyilishi va modaning yo‘nalishiga qarab tikiladi. Uning 
old bo‘lagi yaxlit yoki vitochka taxlamalardan iborat bo‘lishi mumkin. Bu 
vitochkalarda albatta ishlov beriladi. Ort bo‘laklarda yuqori qirqimidan yo‘nalgan 
bitta yoki ikkita vitochka bo‘lishi mumkin. Bu vitochkalar soni shim 
konstruktsiyasiga, buyurtmachi gavdasiga bog‘liq bo‘ladi.
Kalta shim bo‘laklariga namlab isitib ishlov berish uning konstruktsiyasiga, 
materialning tolasiga bog‘liq bo‘ladi, bu ish bichiqni belgilaydi. Buyurtmachining 
gavdasiga mos shakl berish uchun shim old va ort bo‘laklariga namlab isitib ishlov 
beriladi. 
Keyingi vaqtlarda shimning shakliga konstruktsiya yo‘li bilan erishidigan, 
lekin ko‘p konstruktsiyalarda odim qirqimi, yuqori qismi, ort bo‘lak o‘rta qirqimi 
va yeng egri chiziq joylari cho‘zib dazmollangan. 
Namlab-isitib ishlov berish mumkin bo‘lgan materiallardan tikiladigan 
klassik bichimli shimlarga quyidagi tartibda ishlov beriladi. 
Tizza chizig‘idan boshlab, yon va odim qirqimlari shim pocha qirqimigacha 
cho‘zib, old bo‘lak o‘rta chizig‘ida hosil bo‘lgan salqi kirishtirib dazmollanadi. 
Bunday namlab isitib ishlov berish shimning tizzadan pastki joyida shim bir oz 
qayirib turishi uchun bajariladi. Shimdan keyin old bo‘lakning ikkinchi tomoniga 
aylantirib, shu operatsiyalar qaytarib bajariladi.
Shimning balansi asosan odim qirqimlarini qanday tikilganiga bog‘liq 
bo‘ladi, shuning uchun ularni biriktirishga katta ahamiyat beriladi. 
Odim qirqimlarini biriktirishdan oldin shim bo‘laklari stol ustiga yoziladi va 
old bo‘lak bilan ort bo‘lak odim qirqimlarini tutashtirib, qirqimlar uzunligini 
tekshirib, nazorat belgilari qo‘yiladi. 



Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin