1-chizma. Kiyim
funksiyasi
Tikuv buyumlarining tasnifi
Jins bo’yicha
Mavsum bo’yicha
Mo’ljallangani
bo’yicha
Qish
k
i
Bah
o
rgi
-k
u
zg
i
Yo
zg
i
Er
k
ak
lar
kiy
im
i
Ay
o
llar
k
iy
im
i
Bo
lalar
k
iy
im
i
Maish
iy
Sp
o
rt
Ish
lab
chiq
arish
Utilitar funksiya himoyaviy va fiziologik-gigienik funksiya- larga ajratiladi.
Har bir funksiya keyingi pog‘onada yana kengroq aniqlanadi. Misol uchun,
himoyaviy funksiya
tashqi muhit va ob- havo, ishlab chiqarish va mexanik
ta’sirlaridan himoyani o‘z ichiga qamrab oladi. Fiziologik-gigienik funksiya
kiyimni tinchlik va harakat holatida qulayligini bildiradi
hamda kiyim ostidagi
mikroiqlim sharoitining qulayligini aniqlaydi. Axborot funksiyalar kishi (kasbi,
didi, madaniyati) va uning kiyimi to‘g‘risida axborot beradi (kiyim vazifasi,
o‘rinliligi, zamo- naviyligi, yangiligi va h.k.). Estetik
funksiyalar kiyimning kishi
obraziga mosligi, kiyim kompozitsiyasining mukammalligi va tayyorlashga oid
sifatining darajasi hamda xaridorligi to‘g‘risida dalolat beradi.
Kiyim bu- jamiyatning moddiy va ma’naviy madaniyatining bir qismidir.
Kiyim bu-kundalik kiyish uchun mo‘ljallangan buyumlar va faqat podiumdagina
namoyish etildaigan san’at asaridir.
Kiyim bu-avval boshdan inson tanasini ob-havoning
va atmosferaning turli
salbiy ta’sirlaridan himoya qiluvchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Davrlar osha u turli
tarixiy va iqtisodiy sharoitlardan milliy o‘tib ancha o‘zgarib hozirda turli xil
ko‘rinishi va shakllarga ega bo‘lib, san’at asari darajasida yetib keldi.
Kiyim bu-hayvon, o‘simlik va notabiiy bo‘lgan materiallardan (sintez qilish
yo‘li bilan olinadigan) ishlab chiqilgan buyumlar yig‘indisi bo‘lib hisoblangan
nafaqat utilitar, balki estetik funktsiyalarni ham bajaradi.
Modaning rivojlanishi va kiyimning o‘zgarishi xuddi tarixning rivojlanishiga
o‘xshab spiral bo‘yicha ketmoqda. Spiralning har bir
shoxi qandaydir yangilik
bilan boyib boradi, yangi g‘oyalar berib boradi va shu qatorda kiyimga bo‘lgan
munosabatni yangicha shakllantirib beradi. Hozirda kiyim orqali inson o‘zining
individualligini namoyon qilmoqda. Kiyim yordamida takrorlanmas imidj yarata
olish tashqi ko‘rinishni mohirona o‘zgartira olishdan
kamchiliklarni berkitib
o‘zining tashqi ko‘rinishining ustunlik jixatlarini noziklik bilan ko‘rsata olishdan
insonning nozik didligi ekanligini anglab olish mumkin.
Kiyim ishlab chiqish o‘zida bir nechta bosqichni tashkil etuvchi texnologik
murakkab jarayondir.
Dostları ilə paylaş: