4-ilova
14-mavzu: Mаktаb yoshdаgi o‘g‘il bolаlаr sorochkаsi uchun o‘lchаmlar.
Reja:
1.Sorochka uslublari.
2.Ko‘ylakni loyihalashda gavdadan olinadigan o‘lchovlar.
3.Ko‘ylakning to‘r qismi haqida ma’lumot.
O‘g‘il bolalar sorochkasini turli xil gazlamalardan: paxta tolali, shoyi,
jun va
aralash tolali gazlamalardan tayyorlash mumkin.
Sorochka tashqi ko‘rinishiga qarab turli uslubiy yechimda bo‘lishi mumkin:
klassik, sport, romantik.
1-rasm. O’g’il bolalar klassik sorochkasi.
Model tasnifi
Aralash tolalai gazlamadan klassik
uslubda tikilgan o’g’il bolalar sorochkasi.
Old bo’lak 6
ta tugmali va izma bilan
qadaladi. Old bo’lak taqilma haqi teskari
tomonga bukib tikilgan. Yoqa ko’tarmasi
alohida bichilgan. Yengi uzun va manjetli
bo’lib 1 ta tugma va izmaga qadaladi.
Yoqa, manjet, yeng o’mizi bo’ylab bezak
baxyaqator yuritilgan.