5-ilova
21-mavzu: Mаktаb yoshdаgi o‘g‘il bolаlаr shimi konstruktsiyasini
qurish uchun o‘lchаmlar
Reja:
1. O‘g‘il bolalar shimini loyihalash uchun quyidagi dastlabki ma’lumotlar.
2. Konstruksiya asosining bzis to‘ri.
3.Shim konstruksiyasini qurish uchun o‘lchovlar
Tayanch so‘z va iboralar:
shimi assortimenti, konstruktsiyasi, konstruktiv-
texnologik qo‘shimchalar, material xossalari, pidjak, bzis to‘ri, klassik shimlar,
sport uslubidagi shimlar, buklov chizig‘i.
O‘g‘il bolalar shimini loyihalash uchun quyidagi dastlabki ma’lumotlar
zarur:
-
O‘g‘il bolalar shimi assortimenti va konstruktsiyasiga qo‘yiladigan talablar;
-
odam qomatining tana tuzilishi va razmer o‘lchovlari haqidagi ma’lumot;
-
shim turlari, gazlama turlari haqidagi ma’lumot;
-
konstruktiv-texnologik qo‘shimchalar;
-
material xossalari haqidagi ma’lumot.
O‘g‘il bolalar kostyumi - ikki predmetdan – pidjak va shimdan tuzilgan
kiyim komplektidir. Shim kostyum tarkibiga kirishi yoki mustaqil kiyim turi
sifatida ham ishlatilishi mumkin. Kostyum tarkibiga kiruvchi shimlar albatta
pidjakka mos bo‘lishi kerak. Yakka shim esa pidjakka mos bo‘lib, komplektdagi
shim konstruktsiyasini qaytarishi yoki boshqa pidjaklarga mos bo‘lishi kerak.
Shim silueti, shakli va uzunligi moda yo‘nalishiga bog‘liq.
Shim butun uzunligi bo‘yicha keng yoki tor, faqat ayrim uchastkalarida
(tizza va bo‘ksa qismida) toraygan yoki kengaygan, pochasi keng yoki tor, uzun
yoki kalta bo‘lishi mumkin.
Shimlar uslubiy yechimiga ko‘ra klassik, yarimklassik, sport, golife,
«avangard» turlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: