Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish


-rasm.Trikotaj buyumlari assortimenti



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

 1-rasm.Trikotaj buyumlari assortimenti 
Ishlatiladigan xom-ashyo turiga qarab trikotaj mahsulotlar quyidagi turlarga 
bo‘linadi: paxta tolali, jun va aralash tolali kalava iplar, kimyoviy tolalar, sintetik, 
sun’iy iplar, ip va kalava iplar yig‘indisi. 
Trikotaj matodan kiyim konstruksiyasini qurishning o‘ziga xos hususiyatlari 


Trikotaj ishlab chiqarish sanoati - yengil sanoatning rivojlanib kelayotgan eng 
yosh tarmog‘idir. To‘qimachilik sanoati tarmoqlarining ichida trikotaj ishlab 
chiqarish texnologiyasi o‘zining unumdorligi, samaradorligi, ishlab chiqarish 
sharoitlari bo‘yicha qulayligi va eng muhimi, ko‘p mehnat talab etmasligi bilan 
farq qiladi. Xozirgi kunda trikotaj va tikuv-trikotaj buyumlariga bo‘lgan talab 
yildan-yilga tobora oshib bormoqda. Trikotaj mahsulotlar va tikuv-trikotaj 
buyumlar xilma-xilligi, betakrorligi, xususiyatlari jihatidan tengi yo‘qligi, 
cho‘ziluv- chanligi, qulayligi, qayishqoqligi, kishi qomatiga shaklan mosligi bilan 
boshqa kiyimlardan ajralib turadi. Ushbu kiyimlarni betakror xususiyatlari nafaqat 
bichig‘iga, balki ularning ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xomashyo turiga 
bog‘liq. 
Bugungi kunda turli to‘qimadagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 
Lekin turli rangdagi va zamonaviy to‘qimadagi trikotaj matolarini ishlab chiqish 
bilan bir qatorda, kompleks trikotaj xususiyatlarini inobatga olgan xolda turli 
buyumlarni konstruktsiyasini qurishni takomillashgan yo‘llarini izlash va uni 
yechimini topish vazifasi biz mutaxassislar oldida muammo bo‘lib qolmoqda. 
Trikotaj buyumlarini konstruktsiyasini qurishda kam vaqt sarfi va trikotaj 
matosining tejalishi katta ahamiyatga ega.
Hozirgi zamon trikotaj ishlab chiqishdagi qo‘llanilayotgan konstruktsiya 
analogik usuli o‘zgarishsiz qolgan trikotaj buyumlarining shakli oddiy gazlamadan 
shakllanadigan modellarga hos bo‘lishi ham mumkin. 
Trikotaj matosidan kiyim konstruktsiyasini qurishda trikotajning cho‘zilish 
xususiyati va qo‘shimchalar inobatga olinadi. Lekin trikotaj matosidan kiyim 
tikishda faqat cho‘ziluvchanlik xususiyati emas balki, katta shakl xosil bo‘lishi 
ham oddiy gazlamadan trikotajni farqlaydi.
Trikotaj mahsulotlari chiroyli ko‘rinishi, qulay, kiyganda shaklini yaxshi 
saqlashi, rangi va o‘lchamini yo‘qotmasligi, shuningdek harakat jarayonida va 
ishqalanishga chidamli bo‘lishi talab etiladi. 
Trikotaj mahsulotlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish va kiyimni 
loyihalash, tikish jarayonida qiyinchilikni oldini olish maqsadida, birinchi marotaba 
trikotaj mahsulotlarini mehnatni baholash matematik modeli [7] ishlab chiqildi. 
Aralash tolali gazlama va matolardan tayyorlangan kiyimlarning sifati 
oshadi. Kiyim sifatini oshishi sababi, ip va matolarning qarama-qarshi bo‘lgan 
xususiyatlaridan iborat. 
Aralash tolali yangi tuzilishdagi turli gazlama va matolardan bir necha ilmiy 
tadqiqot [8, 9, 10 v.x.k] ishlari olib borilgan bo‘lib, ularni 4 guruxga ajratish 
mumkin: 
1. Tabiiy + tabiiy (paxta, ipak, lyon, jun); 
2. Tabiiy + sun’iy (viskoza, atsetat, diatsetat); 
3. Tabiiy + sintetik (silon, kapron, poliestr, poliamid, lavsan); 
4. Sun’iy + sintetik. 
Bundan tashqari O‘zbekistonda 10-15 yil davomida tabiiy tola va iplar 
(paxta, ipak) ni trikotajga qo‘llab, ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. 


Ilmiy tadqiqot ishlari natijasida ich kiyimlik, paypoqliq va ust kiyimlik trikotaj 
[11,12,13] mahsulotlarini ishlab chiqarishga erishildi.

Xozirgi kunda Respublikamizda “Qashteks”, “CHinoz to‘qimachi LTD”, 


“Qobul – Farg‘ona KO”, “Oqsaroy to‘qimachi LTD” kabi qo‘shma trikotaj 
korxonalari, Namangan viloyatida “Vodiy yog‘och savdo”, To‘raqo‘rg‘on tumanida 
“Dilrabo SDA”, SHahand QFYda joylashgan IPOO “Alfi textil” qo‘shma korxonasi 
va shu kabi ellikdan ortiq trikotaj-tikuv ishlab chiqarish korxonalari halqimiz 
ehtiyojidagi sifatli ichki, yengil va ustki trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda. 
Kiyimni konstruksiyalash jarayonida trikotaj polotnosining hisobga olinishi
zarur bo'lgan xususiyatlari. 
Trikotaj buyumini konstruksiyalashda matoning xususiyatlarini inobatga
olgandagina trikotaj buyum talab darajasiga javob beradi. 
Cho'ziluvchanlik- trikotaj matoning asosiy xususiyatlaridan biri bo'lib,
konstruksiyalashda e'tiborga olish zarur. Kuchli ta'sir ostida trikotaj mato
cho'ziladi va deformatsiyalanadi, lekin ta'sirdan olganldan so'ng u qisman
yoki to'liq o'z shaklini tiklaydi. 
Trikotajda egiluvchan deformatsiya qancha ko'p bo'lsa, buyum shuncha
gavdaga mos yotadi va o'zining asl holatini saqlab qoladi. Trikotajda qoldiq 
deformatsiya qancha ko'p bo'lsa, buyum shuncha tez foydalanish davrida asl 
holatini yo'qotadi va yaroqsiz holga keladi. 
Cho'ziluvchanlik va qayishqoqlik xususiyatlari trikotaj polotnoning 
to'qilishiga bog'liq va ipning tolali tarkibiga bog'liq. Jun, kapron, tabiiy ipak,
paxta, viskoza, sintetik tolalar qayishqoqlik xususiyatiga ega. 
Ko'pgina trikotaj polotnolar bo'ylama va enlarna cho'ziluvchan bo'ladi.
Eniga cho'zilganda polotnoning uzunligi qisqaradi. 
Eniga cho'ziluvchanlik darajasiga ko'ra trikotaj matolar 3 guruhga bo'linadi:
kam, o'rtacha va juda cho'ziluvchan matolar. Erkaklar va ayollar buyumiga
mo'ljallangan har guruh matoga minimal miqdorida eniga tikish haqqi qo'yish
tavsiya etiladi. 

Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin