Chaqaloqlar kiyimi.
Bun o‘sish davriga bir yoshgacha bo lgan bolalar
kiradi. Ularning boshi katta, qollari uzun boladi. Bolaning bosh aylanasi kokrak
aylanasiga teng. Bu yoshdagi bolalar 6-8 oy vaqtini krovatda otkazadi, shuning
uchun ularga oddiy, yengil, yaxshi yuviladigan va oson dazmollanadigan, shu bilan
birga, oz xususiyatini yoqotmaydigan kiyim kerak. Chaqaloqning birinchi kiyimi
yaktakcha, ustki kiyim, bosh kiyim va ishton. Bu kiyimlarning yaxshi tomoni
shundaki, u erkin, oddiy bichimli, kam ishlov beriladigan va oson bezaladi.
Yaktakcha qorinning pastki qismigacha davom etadi, bola o'tirishni boshlaganda,
unga ishton kiydiriladi. Chaqaloqning ustki kiyimi yengil, issiq, yengsiz,
kapyushonli, etagi kengaygan, odatda erkin, bosh kiyim ham bo'shroq boladi.
Gazlamalar esa paxta tolali bo‘lishi shart.
Yasli yoshidagi bolalar kiyimi
. 1-3 yoshda bolalar tez o'sadilar, gavda tuzilishi
nisbatlari o'zgaradi, bosh va tana o'lchamlari 1:4 nisbatda boladi. Bu davrda bolalar
yura boshlaydilar, ko'p harakatlanadilar, shuning uchun kiyimlari erkin
harakatlanishga xalaqit bermaydigan bo'lishi kerak.
Qiz bolalar kiyimlarining
asosiy shakli trapetsiyamon, yelka kamaridan boshlab kengaygan, koketkali yoki
koketkasiz bo'lishi mum kin. O'g'il bolalar kiyimlari esa to'g'ri shakllari bilan
xarakterlanadi. Shimlari ko'pincha kalta, shakli tog'ri yoki pochasiga qarab salgina
toraygan bo'lib, koylaklar, puloverlar va kurtkalar bilanmos tushadi.
Qiz bolalar
garderobi uzun tungi ko'ylak yoki pajama koylaklar , fartuklar,
nimchalar, sarafan, bluzka va shim, kurtka, palto va kombinezondan iborat. O g i l
bolalar garderobi tungi kiyim yoki pajama, koylaklar yoki shimlar, kurtka,
kombinezon va paltodan iborat. Kiyimlarni komplektlash yo'li bilan sonini
kamaytirib, ishlatish variantlarini ko'paytirish mumkin. Yasli yoshidagi bolalar
kiyimlari sodda va ixcham bo'lishi bilan birga, alohida qismlarining shakli turli-
tuman bo'lishi mumkin. Yenglari odatda uzun bo'lib, tog'ri yoki pastki qismida
manjetli boladi. Yozgi kiyimlarning yenglari “qanotcha” yoki “fonarcha”
ko'rinishida bo'lishi mumkin. Ustki kiyimlarini modellashtirishda ko'pincha
kapyushonli qilinsa, maqsadga muvofiq. Ustki kiyimlarning yana bir qulay turi bu
kombinezon bo'lib, bola tanasini to'liq yopib turadi va bemalol harakatlanishini
ta'minlaydi. Bu davrdagi bolalar kiyimlarining bezaklari turlicha bo'lishi mumkin,
lekin bunda me'yorni saqlay bilish kerak. Yasli yoshidagi bolalar kiyimlarining
badiiy obrazliligini hal qilishda tabiatning nozik ko'rinishlaridan, oqish va tiniq
ranglardan foydalaniladi. Bunda materiallarning fakturasi va ranglarini o'zaro
uyg'unlashtirish hisobiga erishish mumkin: momiq quyoncha, sap-sariq jo'jacha,
qo'zichoq, nozik gullar va boshqalar bolalar kiyimlarini obrazliligini ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: