birlashtiriladi. Shu chiziq bo'ylab qirqma hosil qilinadi. Ko'krak vitochkasi
berkitiladi va yangi vitochka holati ochiladi.
Ko'krak vitochkasini old bo'lak o'rta chizig‘iga ko'chirish.
Ko'chiriladigan vitochka chizig‘i belgilanadi (1-rasm, d).
Birinchi chiziq
ko'krak vitochka uchidan, ikkinchisi beldagi vitochka uchidan o'tadi. Ikkala chiziq
ham simmetriya chizig‘iga perpendikulyar o'tkaziladi. Belgilangan chiziqlar
bo'ylab
qirqma hosil qilib, ko'krak va beldagi vitochkalar berkitiladi,
yangi
vitochka ochiladi. hosil qilingan vitochkalar odatda tikilmaydi. Yangi
vitochkalarning kengligi o'rta chiziq bo'ylab burma
hosil qilishga yoki mayda
taxlamalar hosil qilishga ketadi.
Ko'krak vitochkasini istalgan chiziqlarga ko'chirib modellar hosil qilinadi.
Lekin kiyim detallarini parallel va konussimon shakllarda kengaytirish hisobiga
ham yangi model hosil qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: