Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish


Taxlamalar, relef choklar, bezak choklar orqali bezak berish.  Tayanch so‘z va iboralar



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

3.
Taxlamalar, relef choklar, bezak choklar orqali bezak berish. 
Tayanch so‘z va iboralar
: dekorativ bezaklar, furnituralar,lentalar, tasmalar, 
tasma, to'r, lenta,mo‘yna.
 
Bolaning shaxsiyati ko'p jihatdan uni o'rab turgan dunyoga bog'liq. Kiyimlar 
doimo bolaga hamroh bo'lgani uchun ular ham yorqin va rangli bo'lishi kerak. 
Shuning uchun bolalar kiyimlarini modellashtirishda bezak berish usullariga 
alohida ahamiyat berish talab etiladi. Bolalar kiyimlariga bezak berish usullarini 
to‘g‘ri tanlash kiyimning qaysi maqsadda kiyilishini, kiyimga bezak berish miqdori 
uning proporsiyasiga muvofiqligini bilish lozim. Bundan tashqari kiyimlarga bezak 
berishda bolaning yosh xususiyatlari inobatga olinadi. Bezaklarning turli tuman 
xillari mavjud. Bezak sifatida ko'proq furnituralardan (tugmalar, piston, zamok, 
ilgak va hokazolar), hamda bezak gazlamalardan (tasma, to'r, lenta va hokazo) 
foydalaniladi. Bezakning chiroyli turlaridan biri kashta, applikatsiya hisoblanadi. 
Material va shakliga ko‘ra bezak elementlari va pardozlash usullari turli tuman 
bo‘lishi mumkin. Model eskiziga binoan kiyimga bezak berish usullarini 6 
guruhga bo'lish mumkin: 

burmalar, buflar, gofrelar, drapirovkalar, taxlamalar, relef choklar, bezak 
choklar orqali bezak berish 

Detallar bilan bezak berish. Bu detallar asosiy matodan yoki bezak 
matodan bo‘lishi mumkin. Ularga volanlar, kantlar, galstuklar va bezak qopqoqlar, 
xlyastiklarni misol qilib olishimiz mumkin. 

Maxsus bezak materiallar bilan bezak berish. Krujeva, tasma, shnur, 
baxroma, gullarni misol qilib olish mumkin 

Furnituralar bilan bezak berish. Tugmalar, ilgaklar, molniya-tasmalar, 
knopkalar, 

Kashta, applikasiya va emblema bilan bezak berish. 

Boshqa turdagi matolar bilan ishlov berish. Tabiiy va sun’iy mo‘yna yoki 
charm, zamsh. 

Bosma rasm bilan ishlov berish 



Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin