Burmalar, plisse, gofre taxlamalari, buflar bolalar kiyimlari ishlab chiqarishda,
jumladan yubka, yeng, koketka, yoqalarga ishlov berishda keng qo‘llaniladi.
Bunday usulda ishlov berilgan kiyimlar modadan qolmaydi (1-rasm).
1-Rasm. Burmalar, buflar, gofrelar, plisse, taxlamalarr orqali
bezak berish.
Gofre - tik taxlangan va presslangan taxlamalardir.
Plisse - bu bir tomonga yotqizib taxlangan va presslangan taxlamalar yig‘indisi.
Buflar - matoda murakkab tartibda hosil qilingan, sodda qilib aytganda - chiroyli shakllangan va mahkamlangan burmalar.Detallar bilan bezak berish. Ryush. Ryush lentasimon gazlama bezagi bo'lib, uning o'rtasidan yig‘iladi.
Ryush 45
o
burchak ostida bichiladi. Ryush gazlama rangida yoki boshqa ranglarda
bo'lishi mumkin. Ryush sifatida lentalar va to'rlardan ham foydalanish mumkin.
Ryushning uzunligi ryush tikiladigan joy uzunligidan 1,5-2 baravar uzun bo'ladi.
Ryushning kengligi 3,5-4 sm bo'ladi. Ryushning ikkala qirqimiga ishlov beriladi.
Burmalar. Burmalar lentasimon gazlama bezagi bo'lib uning bir chetidan
yiqiladi. Burmaning bir tomoni buyumga tikilsa, ikkinchi tomoniga ishlov beriladi.
Burmalar kengligi 15
mm dan
-
30 sm gacha bo'ladi. Burmaning uzunligi tikiladigan joy uzunligidan 1,5-2
baravar uzun bo'ladi.
Volanlar. Volanlar burmalarga o'xshab ketadi, lekin ular bitta chiziq bo'ylab
bichilmaydi, balki aylana bo'ylab bichiladi. Volanning bir tomoni bo'ylab buyumga
tikilsa, ikkinchi tomoniga ishlov beriladi(2-rasm).