Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish


-rasm. Qiz bolalar kiyimlarini volan, ryush, burmalar bilan bezak



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

2-rasm. Qiz bolalar kiyimlarini volan, ryush, burmalar bilan bezak 
berish
Furnituralar bilan bezak berish .
 
Tikuv aksessuarlari (molniya tasmalar, 
qulflar, tugmalar) bolalar kiyimlarida amaliy va bezak vazifasini o‘tashi mumkin. 
Bugungi kunda tugma turlari turli tuman bo‘lib, har hil turdagi va shakldagi 
tugmalarni uchratish mumkin. Tugmalarni tanlashda buyumni vazifasiga, mato turi 
hamda rangiga ahamiyat berish lozim(3-rasm). 


3-rasm. Furnituralar bilan bezak berish 
Kashta, applikatsiya va emblema bilan bezak berish. 
Kashta. 
Kashta tikish - bezakning mashhur turi. Asl kashtado'zlik kiyimlarga 
nafaqat yangilangan ko'rinish berishi, balki kiyimni o'ziga xos qilishi mumkin. 
Kashtani qo‘lda yoki uning dasturiga kiritilgan ko'plab naqshli kashta tikish 
mashinasida tikish mumkin. Kashtalar zar va kumush iplarda, zig‘ir tolali iplarda, 
muline iplarda, ipak va oddiy iplarda tikiladi. 
Applikatsiya. 
Matoga har hil rang-barang gazlama bo‘laklardan ma’lum bir 
shakldagi tasvirlarning, yopishtirib yoki siniq bahyaqator bilan tikilishidir(4-rasm). 
Applikatsiyani turli usullarda yaratish mumkin. Applikatsiya asosan bolalar 
kiyimida qo‘llanadi. Applikatsiya mato rangiga qarab shunday tanlanishi kerakki, 
u asos matoga uyg‘unlashib ketishi kerak. Bundan tashqari applikatsiya hajmi ham 
kiyimning umumiy ko‘rinishiga, konstruksiyasiga va elementlariga mos bo‘lishi 
lozim. Bugungi kunda tayyor applikatsiyalar assortimenti kengdir. 
4-rasm. Kashta bilan bezak berish 
Tikuvchilik sanoatida applikatsiyalarning ipli va yelimli turlari keng qo‘llanadi. 
Eng ko‘p tarqalgani ipli usul hisoblanib, universal va maxsus tikuv mashinalarida 
bajariladi, lekin bu usul katta mehnat va material sarfi bilan farqlanib, ishlab 
chiqarish samaradorligini pasaytiradi. Samaradorlik jihatidan yelimli usul ipli 


usuldan ustun turadi, chunki korxonada bu usulni bajarish uchun uskunalar yetarli 
bo‘lib, termoyelimli material yoki yelim plyonka yordamida applikatsiya detalga 
butun yuzasi bo‘ylab birikadi. 
Bugungi kunda ixtisoslashgan do'konlarda kiyimdagi aplikatsiyalar uchun 
tayyor namunalarni xarid qilish mumkin. Applikatsiyalar turli hayvonlar, multfilm 
qahramonlari, mevalar shaklida bo‘lishi mumkin. Qizlar uchun qo'g'irchoqlar, 
gullar, yuraklar kabi, o‘g'il bolalar uchun avtomobillar, tanklar, dinozavrlar kabi 
applikatsiyalardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday bezaklarni har qanday 
bolalar kiyimida foydalanish va uning har qanday qismiga joylashtirilishi mumkin: 
old yoki ort bo‘lak, yeng yoki cho'ntak. Aplikatsiyalarning o'lchamlari har xil 
bo'lgani uchun uni modelga mufoviq foydalanish tavsiya etiladi. 
5-rasm. Applikatsiya bilan bezak berish 

Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin