Biser va munchoqlar bilan ishlov berish.
Biser va munchoqlar asosan qiz
bolalar va hozirgi zamonaviy uslubda modaga binoan o‘g‘il bolalar oqshom
liboslariga sorochkasi yoqalarida, manjetlarida, kostyum yoqa va yenglarini
bezashda qo‘llanilmoqda.
Biser va munchoqlar usulida bezash rang bilan chambarchas bog‘liqdir.
Munchoqlarni tanlashda iplarni, ranglarning uyg‘unlashuvini va ular bir-biriga
qanday ta’sir etishini bilish zarur. Buning uchun ranglarning asosiy xususiyatlari
va o‘zaro ta’sir ranglarning uyg‘unligi, ularning bir hil tushishi bilan qisqacha
tanishib chiqish zarur.
Biser va munchoqlarni tanlash, ular rangini xillash buyumning nimaga
mo‘ljallanganiga, gulning kattaligi va qanday joylashishiga bog‘liq bo‘ladi.
6-rasm. Biser va munchoqlar bilan ishlov berish
Boshqa turdagi matolar bilan ishlov berish.
Tashqi kiyimlarni bezash uchun
ko'pincha charm, mo'yna, sun'iy charm, sun'iy mo‘yna, zamsh matolaridan
foydalaniladi. Ular asosan buyumni yoqasi, yengida, etagida ishlatiladi.
7-rasm. Boshqa turdagi matolar bilan ishlov berish
Bosma rasm bilan ishlov berish.
Bugungi kunda ishlab chiqarish jarayonini
yengillashtirish, mahsulot ishlab chiqarish sarf vaqtini kamaytirish maqsadida
bolalar kiyimlariga bosma rasm bilan ishlov beriladi. Ular maxsus presslar orqali
amalga oshiriladi.
8-rasm.Bosma rasm bilan ishlov berish
Maxsus bezak materiallar bilan bezak berish.
Bularga: Krujeva, tasma,
shnur, baxroma va gullarni misol qilib olish mumkin. Ular kiyim turiga va mato
qalinligiga qarab tanlanadi. Ular bolalar kiyimlarini estetik ko‘rinishini oshishiga
hizmat qiladi.
8-rasm. Maxsus bezak materiallar bilan bezak berish
6-ilova
Dostları ilə paylaş: |