5-ilova
35-mavzu: Bolalar kiyimlarinin dekorativ bezaklar bilan modellashtirish.
Reja:
1.Bezak beruvchi elementlar bilan modellashtirish.
2.Bolalar kiyimini volan bilan modellashtirish.
3. Bolalar kiyimini ryush bilanmodellashtirish.
Bezaklar kiyimni bezash uchun ishlatiladi. Bezaklarning turli tuman xillari
mavjud. Bezak sifatida ko‘prq furnituralardan (tugmalar, piston, zamok, ilgak va
xokazolar), xamda bezak gazlamalardan (tasma, to‘r, lenta va xokazo)
foydalaniladi. Bezakning chiroyli
turlaridan biri kashta, applikatsiya hisoblanadi.
Bezaklarni ko‘proq asosiy yoki bezak gazlamalardan foydalanib ishlanadi.
Bularga: burmalar, ryush, volanlar, adiplar,
mayda taxlamalar, cho‘ntaklar,
yelkabandlar kiradi.
Gazlama rangida yoki kontrast rangda berilgan bezak baxya kator ham kiyimni
bezatadi.
Ryush.
Ryush lentasimon gazlama bezagi bo‘lib, uning o‘rtasidan yigiladi. Ryush
45° burchak ostida bichiladi. Ryush gazlama rangida yoki boshqa ranglarda
bo‘lishi mumkin.
Ryush sifatida lentalar va turlardan ham foydalanish mumkin. Ryushning
uzunligi ryush tikiladigan joy uzunligidan 1,5-2 baravar uzun bo‘ladi. Ryushning
kengligi 3,5-4 sm bo‘ladi. Ryushning ikkala kirkimiga ishlov beriladi (55-rasm, a).
Dostları ilə paylaş: