1.Is’temolchi talabi
2.Ishlab chiqarish talabi.
Ist’molchining talabi o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi.
1.Gigiyenik talab;
2.Ekspluatatsion talab;
3.Estetik talab.
Gigiyenik talab deganda shuni tushuniladiki, kiyimdan foydalanganda odam
sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi kerak. Bolalar terisi juda nozik bo‘lib ular uchun
kiyimlarni loyihalash jarayonida gigiyenik talab asosiy talablardan biri
hisoblanadi. Bolalar kiyimlari erkin harakatlanish vaqtida xalaqit bermasligi kerak.
Bolalar kiyimlari tanaga yopishib turmasligi, ularni
erkin nafas olishiga qulay
bo‘lishi lozim. Yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, havo o‘tkazuvchan bo‘lishi,
quyosh nurini qaytaruvchan bo‘lishi, namni shimuvchan bo‘lishi kerak. Bunda
gazlama asosiy rol o‘ynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab
qilinadi. Ayniqsa chaqaloqlar guruhi uchun 100% tabiiy tolali gazlamalar tavsiya
etiladi.
Ekspluatatsion talab iste’molchining kiyim chidamliligiga qo‘ygan talabidir.
Bolalar juda harakatchan bo‘lib ularning kiyimlari turli mexanikaviy va biologik
ta’sirlarga duch keladi. Kiyim ana shu ta’sirlarga chidamli bo‘lishi kerak. Bunday
ta’sirlarda
kiyim sitiladigan, cho‘ziladigan, rangini o‘zgar- tiradigan yoki
g‘ijimlanadigan bo‘lsa, u uzoqqa chidamaydi. Undan tashqari, kiyim yoqalari,
yenglari, bortlari, cho‘ntak og‘izlari ko‘p ishqalanadi. Bu yerlarga puxta texnik
ishlov berish kerak. Aks holda kiyim o‘z ko‘rinishini yo‘qotadi.
Estetik talab kiyim tashqi ko‘rinishi
jihatidan bichimi, gazlamasi, bezaklari,
ularga ishlov berish, chiroyli bo‘lishi, sifatli bo‘lishi talab qilinadi. Bolalar
kiyimining kompozitsion yechimi, bichimi va bezaklari
zamonaviy modaga mos
bo‘lishi va tana tuzilishidan kelib chiqib tanlanishi lozim. Unda qo‘llanadigan
ranglar turli-tuman bo‘lib, har bir bolaning yosh xususiyatiga, kiyim turiga va nima
maqsadda kiyilishiga qarab tanlanadi. Bolalar kiyimlari uchun asosan yorqin
rangdagi matolardan foydalaniladi.
Yuqorida keltirilgan talablar bolalar yosh guruhiga qarab o‘zgarib borishi
mumkin. Ayrim yosh guruhida gigiyenik va estetik talab yuqori bo‘lsa, boshqa
yosh guruhida qulaylik va chidamlilikka ahamiyat beriladi.
Ishlab chiqarish talablariga mehnat sarfini qisqartirish
va materiallardan
ratsional foydalanish yo‘li bilan mahsulotni tayyorlashda texnik - iqtisodiy
maqsadga muvofiqligini ta’minlash kiradi
.
6-ilova
Dostları ilə paylaş: