Burmalar
Burmalar lentasimon gazlama bezagi bo‘lib uning bir chetidan yigiladi.
Burmaning
bir tomoni buyumga tikilsa, ikkinchi tomoniga ishlov beriladi.
Burmalar kengligi 15 mm dan - 30 sm gacha bo‘ladi.
Burmaning uzunligi
tikiladigan joy uzunligidan 1,5-2 baravar uzun bo‘ladi (3-rasm).
3-rasm. Burmani hosil qilish
.
4-rasm
.
Bolalar kiyimlarini burma bilan modellashtirish.
Volanlar.
Volanlar burmalarga o‘xshab ketadi, lekin ular bitta chizik bo‘ylab
bichilmaydi, balki aylana bo‘ylab bichiladi. Volanning bir tomoni bo‘ylab
buyumga tikilsa, ikkinchi tomoniga ishlov beriladi.
Volanni bichish ketma-ketliga kuyidagicha:
1. Volan tikiladigan joyning uzunligi o‘lchanadi.
2. Aylana radiusi topiladi.
R= tikiladigan joy uzunligi
6(doimiy qiymat)
3. Topilgan radiusda aylana chiziladi.
4. Radiusni volan kengligiga oshirib, ikkinchi marta aylana chiziladi.
5. Volan kirkiladi (5-rasm, ).
5-rasm.Volanni hosil qilish.
Volanni spiral shaklda xam bichish mumkin (6,7,8,9,10-rasmlar) .
U quyidaga tartibda bajariladi:
1. 2-3 sm teng bo‘lgan radiusda aylana chiziladi.
2. Aylanaga volan kengligidagi perpendikulyar o‘tkaziladi (masalan 5
sm).
3. Perpendikulyar uchini aylana bilan tutashtiriladi.
4.Aylana atrofida volan kengligada gir aylantirib
kerakli uzunlikgacha
ko‘yib chikiladi.
5.
Volan qirqiladi