J
yoshgacha. 1-3 yosh. 4-7 yosh. 9-10 yosh. 12-14yosh . 16-yosh.
5-rasm. Bolalar gavdasining proporsiyasi
Yosh bolalarda muskullar kam rivojlangan, yuz terilari yumshoq, teri silliq,
yonoqlari dumaloq shaklda bo‘ladi.
Ko‘plab ishlab chiqariladigan kiyimlarni loyihalash va asosiy baza asoslarini
ishlab chiqish uchun maishiy xizmat tizimidagi loyihachiga standart jussalar, ya’ni
mamlakatning jami aholisiga xos jussalar o‘lchamining mukammal xarakteristikasi
kerak bo‘ladi. Bu ma'lumotlarni antropometrik tekshirish, ya’ni insonning
gavdasini va uning qismlarini o‘lchash yo‘li bilan hosil qilish mumkin. Bu ish
antropometriya deb ataladi. Antropometrik tekshirishlar vaqtida gavdaning
muayyan nuqtalari-antropometrik nuqtalar oralig‘i yoki yumshoq gazlamada aniq
bilinib, ko‘rinib turadigan chegaralar, teridagi o‘ziga xos nuqtalar bo‘yicha
o‘lchanadi.
Dostları ilə paylaş: