Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish


ODAM QOMATINI TO`LALIK GRUPPALARI



Yüklə 28,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/218
tarix11.11.2023
ölçüsü28,91 Mb.
#131947
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   218
Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Fazliddinova Saidaxon Baxriddinovna

ODAM QOMATINI TO`LALIK GRUPPALARI. 
Plastik anatomiya kishi gavdasining tashqi tuzulishi, qad-qomatni o‘rganadi. 
Gavda odatda tana, bo‘yin, bosh, qo‘llar va oyoqlarga bo‘lib o‘rganiladi. 
1.Odamning umurtqa pog‘onasi egri bo‘ladi: umurtqa pog‘onasi bo‘yin va bel 
qismlarida egrilik chizig‘i oldinga, ko‘krak va bel qismlarida esa orqaga 
yo‘nalgan. Umurtqa pog‘onasining egrilik darajasi odamning qaddi-qomatini 
belgilaydi.
2.Qo‘lning erkin suyaklari jumlasiga yelka, tirsak va bilaklari kiradi. Yelka 
suyagi tik vaziyatda joylashgan yoki bir oz orqaga yoki oldinga og‘gan bolishi 
mumkin. Yelka, tirsak hamda bilak suyaklari birlashgan joyda burchak hosil 
bo‘ladi, u yengning shakliga ta’sir etadi. 
3.Oyoqlarning shakli yonbosh o‘qi bilan boldir o‘qining bir-biriga nisbatan 
qanday joylashganligiga qarab, oyoqlar normal, xomutsimon va sirkulsimon 
bo‘lishi mumkin. 
4.Tananing bo‘yin asosidan to yelka bo‘g`imlarigacha bo‘lgan qismi yelka deb 
ataladi. Yelka normal, keng va tor bo‘lishi mumkin. Shuningdek qiyalik 
darajasiga qarab normal, baland va past bo‘lishi mumkin.
 


5.Qorinning ham asosiy uchta shakli mavjut: tekis, ichga tortilgan va dumaloq-
do‘ppayib chiqib turgan holati mavjud. Qorinning shakli jinsga, yoshga va oriq-
semizlikka bog‘liq bo‘ladi. 
6.Orqa odatdagicha yoki umurtqa bo‘limlari salgina bo‘rtib chiqqan 
(to‘lqinsimon), bukchaygan va to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. 
7.Umumiy belgilari deganda, tananing uzunligi, odamning bo‘yi, ko‘krak 
aylanasi hamda vazni kabi eng yirik belgilar tushuniladi. 
QIZ BOLALAR KO`YLAGI KONSTRUKSIYASINI QURUSH. 
Bolalar kiyimini chizmasini chizish va tekshirishdan oldin ularning gavda 
tuzilishi, gavdadan o‘lchamni to‘g`ri olish lozimdir. Bolalar gavdasidan o‘lcho‘v 
olinayotganda ularning egnida yengil ko‘ylak yoki ich kiyim bo‘lishi lozim. 
Shunda olingan o‘lcho‘v chizmada to‘g`ri belgilanadi va tikilgan kiyim chiroyli 
ko‘rinishga ega bo‘ladi.
O‘lchov olishda quyidagilarga amal qilinadi. 
- O‘lchov gavdaning o‘ng tomonidan belgilanadi. 
- Belning ixcham joyidan belbog bilan boglanadi. 
- O‘lchov olinayotganda gavdani to‘gri, bo‘sh tutib, turish kerak. Aks xolda 
o‘lchov noto‘gri chiqadi. 
- O‘lchov santimetr lentasi bilan amalga oshiriladi, uni tortib yoki bo‘sh qilib, 
o‘lchash mumkin emas. 
- Uzunlik o‘lchovlari to‘gri yoziladi. Kenglik va aylana o‘lchovlarining esa yarmi 
yoziladi. 
- Kiyim andazasini chizishda uni kiyadigan kishining bo‘y-bastiga e’tibor berish 
kerak, chunki kiyimni tikishda buning katta axamiyati bor. Odamlar qaddi - 
qomatiga ko‘ra asosan quyidagicha bo‘ladi. 
1. Bo‘y - basti kelishgan odam 
2. Gavdasi sal bukchaygan odam 
3 Qaddi kekkaygan odam 
Bo‘y-basti kelishgan ya’ni gavdasi normal kishining ko‘kragi yaxshi rivojlangan 
va orqasi to‘gri bo‘ladi, kuraklari chiqib turmaydi. 
Gavdasi sal bukchaygan kishining orqasi yumaloqroq, ko‘kragi ichiga tortilgan 
bo‘lib, qorni sal chiqib turadi.
Kaddi kekkaygan kishining ko‘kragi oldinga chikib turadi, orqasi tekis va beli 
ichiga tortilgan bo‘ladi.


6-ilova 
7-ilova 
8-ilova

Yüklə 28,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin