Shunday qilib, erkaklar uchun 360 tipaviy qomatlar ajratildi, ayollar uchun esa
509 ta tip (ГОСТ 17521 — 72, ГОСТ 17522-72).
Katta yoshli aholi uchun tuzilgan antropometrik va konstruktorlik razmerlar
hamda bo‘ylar standartlari. Tipaviy qomatlar soni aniqlangandan so‘ng ularning
har biri uchun barcha bo'ysungan o'lchamlar bo‘yicha antropometrik
o‘lchamlar va bo'ylar standartlari hisoblandi.
Yetakchi o'lcham sifatida bo‘y tanlanganligi sababli, bolalar qomatlarini yoshi
bo'yicha bo‘lish prinsipidan bo'ylar guruhiga o'tiladi.
Hozir qo‘lanadigan bolalar razmerli tipologiyasida har bir yoshga oid guruh
ichida bo'ylar guruhi ajratilgan, bo‘ylar guruhida esa, eng ko‘p sodir bo‘ladigan
ko'krak aylanasi uchinchi bo'yicha guruhlar tanlangan. Bo‘ylar befarqlik intervali 6
sm, ko‘krak aylanasi bo'yicha-4 sm.
Bolalarga oid bo‘y va razmerlar shkalalari kattalamiki bilan uzluksiz
bog‘langan holda tuzilgan. Tipaviy qomatlar sirasiga aholi orasida sodir bo‘lishi
0,1 foizdan kam bo‘lmagan(1000 kishi orasidan kamida 1 kishida) qomatlar
kiritilgan.
Standartlarga 109 tip qizlar qomatlari va 114 tip o'gil bolalar qomatlari kiritilgan.
Bolalar kiyimini ishlab chiqarish maqsadida sanoat va savdo talablariga mos
tuzilgan standartlarga 6 oydan 18 yoshgacha bo‘lgan 63 tip o‘g‘il bolalar va 58 tip
qizlar tipaviy qomatlari kiritilgan.
Mavjud standartlar qizlar kiyimining 28 razmerini, o‘g‘il bolalar kiyimining esa
31 razmerini o‘z ichiga qamrab olgan. Qizlar va o‘g‘il bolalar kiyimining
razmerlari bo‘y va ko‘krak aylanasining to‘la qiymatlari orqali belgilanadi.
Masalan, qiz yoki o‘g‘il bolaning bo‘yi 140 sm, ko‘krak aylanasi 72 sm bo‘lsa,
tipaviy qomatga moslab tayyorlangan kiyim 140-72 belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: