5-ilova
17-mavzu: Mаktаbgacha yoshdаgi o‘g‘il bolаlаr kombinezoni
Reja:
1.Kombenzon turlari va vazifasi.
2.Kombenzon uchun tavsiya qilinqdigan gazlamalar.
3.Konstruksiyani qurish uchun asosiy o‘lchamlar
Tayanch so‘z va iboralar:
Kombinezon, yasli yoshidagi, loyihalash, normal.
O‘g‘il bolalar kiyimining chizma bo‘laklari o‘lchamini
olishdagi farqi,
ularning qo‘shimchalari yordamida bolalar kiyimi kengaytiriladi.
Har doim qo‘shimchalar ko‘krak aylanasi o‘lchamiga 4sm-10sm gacha
qo‘yiladi. Boshqa o‘lchamlar masalan,
bel aylanasi, ko‘krak aylanasi
qo‘shimchalariga qarab va modelga muvofiq o‘zgartiriladi.
O‘g‘il bolalarning rivojlanishi
davomida tana tuzilishi, tana proportsiyasi,
tashqi ko‘rinishi,
xarakatlari, qiziqishlari, odatlari va mashg‘ulotlari o‘zgarib
boradi. O‘g‘il bolalarning turli yoshlardagi psixologik-fizologik
va jismonan
rivojlanishini hisobga olgan holda bolalar kiyimlari assortimenti o‘zining turi,
tuzilishi, bichilishi, ranglarning bezalishi jihatidan turli-tuman bo‘ladi. O‘g‘il
bolalar kiyimlari har bir yosh guruhga mos holda loyihalanadi. O‘g‘il
bolalar
kiyimlari assortimenti turli kiyimlar, shim, kofta, kurtka, kombinzonlardan iborat;
O‘g‘il bolalar ko‘p xarakat qilganligi sababli kiyimlar qulay ya’ni, kiyish va
yechish uchun oson bo‘lishi kerak. Ko‘proq to‘g‘ri va timsifat ishlatiladi. O‘g‘il
bolalar kombinzoni bichimlarining turli bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: