Bolalar pedagogikasi



Yüklə 447,5 Kb.
səhifə3/8
tarix27.05.2022
ölçüsü447,5 Kb.
#116298
1   2   3   4   5   6   7   8
tez aytish

Kurs ishining prеdmеti: Ingliz tilini o’qitishda qo’llaniladigan turli xil metodlar
Kurs ishining ob’еkti: Ingliz tilida tez aytishlarni o’rgatishda ishlatiladigan ishlanma- loyihalar
Kurs ishining vazifalari:
1. O’quvchilarga ingliz tilini o’rgatishda qo’llaniladigan metodlarni o’rganib, ularni tahlil qilish;
2. O’quvchilarni ingliz tiliga qiziqtirish bo’yicha masalarni ko’rib chiqish
3.Ingliz tilida tez aytishlarni o’rgatish uchun loyihalar ishlash va ularni tahlil qilish.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2 ta bob, 6 ta paragraf, xulosa va adabiyotlardan iborat. Jami 38 listdan tashkil topgan.
I BOB Xalq og`zaki ijodida tez aytishlarning pedagogik ahamiyati
1.1 Xalq og`zaki ijodi orqali bolalarga tarbiya berishning nazariy ahamiyati
Bugun asossiz ravishda unutib yuborilgan asriy qadriyatlarimizni tiklashga urinayapmiz. Xalq an’analari madaniyatimizning bir qismi sifatida jamiyat uchun chinakam xizmat qilishini istayapmiz. Nega? Bunga to‘liq javob berish uchun an’ananing o‘zi nima?- degan savolga javob izlab ko‘raylik. Xo‘sh, an’ana nima? «An’ana» asli arabcha so‘z bo‘lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, otalardan bolalarga o‘tib, davom etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir. An’ana ijtimoiy va madaniy merosdir. Ular iqtisodiy, milliy, kasbiy, jangovar, ilmiy, oilaviy an’analar sifatida jamiyatda, ijtimoiy guruh va sinflar orasida keng yoyilgan. Shuning uchun ijtimoiy hayot va an’analarni o‘rganish, ularning mazmunini bilish, odamlarning xulqi va xattiharakatlariga ta’sir etishini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim-tarbiya ishlarida xalqimizning eng ilg‘or, hayotda o‘zini oqlagan an’analarini oila, maktab va mehnat jamoalarida qo‘llash, ulardan foydalanish kabi vazifalar hamisha dolzarb bo‘lib kelgan. Shu kunlarda, ayniqsa, vatanparvarlik, millatlararo do‘stlik, ekologik tarbiyaga doir an’analarni oilaviy tarbiya jarayoniga tatbiq etish, hozirgi avlod kishilarini xalq pedagogikasining xalqchil ko‘rsatmalari asosida tarbiyalashni keng qo‘llash, nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoda necha millat, necha xalq bo‘lsa, hammasining o‘ziga xos turmush tarzi, o‘tmish hayoti va kelajagi bilan chambarchas bog‘liq an’analari mavjuddir. 21 O‘zbek xalqining ham urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari, ta’lim-tarbiya, madaniyat an’analari moziyning uzoquzoq asrlariga borib taqaladi. Barg ildizdan quvvat oladi deganlaridek, hozirgi va kelajak avlod kishilarining ularni chuqur bilishi ma’naviyatining mag‘zi to‘qligi omilidir. Bu - hamisha, hamma avlod tomonidan e’tirof etilgan haqiqatdir. Kaykovusning «Qobusnoma»sidan tortib, Al Xorazmiy, Abu Nasr al Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sinolarning nazmiy va nasriy asarlarida, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim»), Ahmad Yugnakiyning «Hibbat-ul haqoyiq» («Haqiqat sovg‘alari») kabi jahonga mashhur asarlarida, Navoiyning o‘lmas she’riyatida, Munis Xorazmiyning «Savdi Ta’lim», Qori Niyoziyning «Hayot maktabi», Abdulla Avloniyning « Turkiy guliston yoxud axloq» asarlarida sharq xalqlari, xususan, o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan ibratli tomonlar ochib berilganki, ular qalami orqali xalqimizga xos bo‘lgan ota-onani hurmatlash, insoniylik, oqibat, mehr-shafqat, mehmondo‘stlik, ma’rifatga chanqoqlik, onani (ayolni) ulug‘lash, farzandga mehrli va fidoyi bo‘lishlik kabi fazilatlar dunyoga tanilgan bo‘lsa, ajab emas. Umuminsoniy oilaviy urf-odatlar va an’analarni chuqur o‘rganish, ularni tahlil qilish, turkumlashtirish, ularning paydo bo‘lish yo‘llari, evolutsion taraqqiyotni bilish, aniqlash, ilmiy asoslangan g‘oyalarni ilgari surish va shular asosida an’analardan foydalanish yo‘llarini tavsiya etishni hayot talab etmoqda. Bularning hammasi kelajak kishisini tarbiyalashda amaliy yordam beradi. Qadim zamonlardan, hatto o‘zbek xalqining yozuvi bo‘lmagan paytlardanoq yosh avlodni tarbiyalash asosan oilada amalga oshirilgan. Bunda tabiiy va ijtimoiy omillar hal qiluvchi o‘rin tutganligi shubhasiz. Xalq pedagogikasi hamisha yaxshi samara bergan. Shuning uchun ham xalqning tarbiyaga oid bilimlarini chuqur o‘rganish, tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asliy manbalariga, tarbiya sirlariga nazar tashlash bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Har bir xalq o‘zining milliy an’analariga asoslangan tarixiy madaniyati va turmush tarziga egadir. An’ana xalqimizning asrlar osha to‘plagan milliy boyligi bilan, shuningdek, uning yangi sharoitda yangi mazmun bilan boyitilishi, yangidan-yangi an’analarning vujudga kelishi bilan qimmatli va hayotbaxshdir. Masalaga shunday yondashilgandagina, an’analar insonlarning turmushi va madaniyati 22 asosi sifatida hozirgi zamon kishilari axloqiga ta’sir etishi mumkin. An’analarning vujudga kelishi va shakllanishi murakkab ijtimoiy jarayondir. Unda xalqning dono fikrlari, axloq mezonlari, insonni hurmatlash va qadrlash o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ham yosh avlod ajdodlarimiz tomonidan tarixiy sharoitda vujudga kelgan ilg‘or an’analarni o‘zlashtirishi, unga rioya etishi, boyitishi nihoyatda zarurdir. Hayotda mazmuniga ko‘ra ilg‘or umuminsoniy, shakliga ko‘ra milliy an’analar qaror topmoqda. Eski va yangi an’analar qaramaqarshiliklar jarayonida saralanadi, sayqal topadi. Ayrim a’analar qanday bo‘lsa, o‘sha holida, ko‘rinishda uzoq vaqt saqlanib qoladi, boshqalari o‘z ko‘rinishlarini o‘zgartiradi, uchinchilari esa yangilariga uyg‘unlashadi, takomillashadi. Oilaviy an’analarga bolalarning tug‘ilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlar, urf-odatlar, bolalar tarbiyasiga taalluqli bo‘lgan va umuminsoniyat tomonidan qabul qilingan amaliy maslahatlar, qoidalar, metodik usullar va vositalar kiradi. Ana shu xususiyatlariga ko‘ra oilaviy an’analar nisbatan yashovchandir. Ayniqsa, umumxalq ko‘rinishidagi oilaviy an’analarning umri boqiydir. Urf-odatlar qancha hayotiy, xalqchil, qancha keng tarqalgan bo‘lsa, u xalqqa shuncha tez singadi, shuncha uzoq yashaydi. Masalan, hozirgi kunda mavjud bo‘lgan an’analarning ko‘pi uzoq tarixga ega. Biroq, ular o‘z davrida qanday yaratilgan bo‘lsa, shundayligicha qolgan deb bo‘lmaydi. Hayot ularga o‘zining yangiyangi xislatlarini, davr silsilasini kiritgani aniq. Har davrning yangi an’anasida yangi avlod vakillarining milliy xususiyatlari, shuningdek, ularning o‘tmish haqidagi yorqin xotiralari, mehnatkashlar ommasining kelajak uchun intilishi o‘z aksini topib boradi. Oilaviy an’analar ham bundan mustasno emas. Boshqa xalq an’analari kabi oilaviy an’analarda ham shu xalqning tarixi, uning turmush sharoiti va hayot tarzi bilan bog‘liq o‘tmishi va kelajagi aks etdi. Shu ma’noda o‘zbek xalqining oilaviy an’analari qimmatli va azizdir. Ular faqat mazmuniga ko‘ra qiziqarli bo‘libgina qolmasdan, balki bolalar va yoshlarni mehnatga jalb qilishdagi tarbiya usullari va shakllari bilan ham hayotbaxshdir. Yangi davr, yangi sharoitda ular yangicha mazmun bilan boyib bordi. Biz azal-azaldan xalqimizda ko‘pchilik ishtiroki bilan o‘tadigan hasharlar, bolalarning turli o‘yinlari, bolalar ijodi, uchrashuvlar, gap- 23 gashtaklar, mavsumiy bayramlar - gulbarra, lola sayllari, «boychechak» aytish, qovun sayllari, «yangi mehmon» tug‘ilishini nishonlash, qizlar majlisi, kelinlarning qaynota, qaynonalar oldidagi «yuz ochdilari», «kelin salomlari», sumalak, echki o‘yini, uloq o‘yini, kurash, mehmonda bo‘lish, mehmon kutish kabi ko‘plab marosimlarni nazarda tutayapmizki, ularning hammasi ham xalq tarbiyashunosligining durdonalari sifatida avlodlarni o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan «o‘zbekona», «sharqona» tarbiyalashda muhim rol o‘ynagan. Xalq pedagogikasining umrboqiyligi, o‘lmasligi sabablardan yana biri uning avloddan-avlodga yetkazish shaklining antiqaligidir. Hatto xalqimiz hozirgidek ommaviy axborot vositalariga ega bo‘lmagan qadim zamonlarda ham xalq pedagogikasi xalq og‘zaki ijodiyoti yo‘li bilan qanot qoqqan. Uning tarbiyaviy ta’siri bolalarga ona allasi bilan singdirib borilgan. O‘zbek xalqining asrlar mobaynida to‘plagan xalq og‘zaki ijodi xazinasi g‘oyat boydir. U xalqimiz ma’naviy madaniyatining oltin xazinasi hisoblanadi. Keksa avlod vakillari hayot tajribalari asosida to‘plangan, shakllangan dono fikrlarini quyi avlodlarga og‘zaki hikoya, ertak, afsona, rivoyat, topishmoq, matallar shaklida singdirishga, hikmatlari bilan xalq qalbiga kirib borishga intilgan. Xalq ertaklari, topishmoq va matallar orqali bolalarni ota-onalarining, kattalarning maslahatlariga diqqat-e’tibor bilan quloq solishni o‘rgatgan, ertak qahramonlaridan namuna olishga undagan. Ertaklar faqat bolalargagina ta’sir ko‘rsatib qolmasdan, balki ota-onalarning o‘ziga ham, ularning hayot tarziga, qarash va ishonchlariga, axloqiy qiyofalariga ham ta’sir etadi. Xalq xotirasida saqlanayotgan, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan eng yaxshi ertak va dostonlar, maqol va matallar ashula va topishmoqlar bolalarni tarbiyalaydi, yaxshilikka, mehnat qilishga va haqgo‘ylikka undaydi. Xalq og‘zaki ijodida inson hayotining hamma qirralari aks etgan. Ularda ota-onalarning bolalarni tarbiyalash, parvarish qilish borasidagi yo‘l-yo‘riq va usullari ham o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ham hozirgi paytda tarbiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan e’tibor kuchayib bormoqda. Ko‘plab maqol va matallarda bilimli bo‘lish ulug‘lanadi, bilimsizlik qoralanadi. «Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni yiqar», «Ilmi yo‘qning ko‘zi yumuq», «Ilmsiz bir yashar, ilmli ming 24 yashar», «Ko‘p o‘qigan - ko‘p bilar», «Olim bo‘lsang, olam seniki», «O‘qigan o‘g‘il - otadan ulug‘» va hokazo. Vatanparvarlik, vatanni sevish mavzusi ham maqol va matallarda aks etgan. Vatanparvarlik kabi sifatlarni shakllantirish muhim o‘rin tutgan. Masalan, «O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l», «Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas», «Elga qo‘shilganning ko‘ngli to‘q, eldan ajralganning beti yo‘q». Oilaviy tarbiyada xalq pedagogikasi an’analar, ertak, maqol, topishmoq va matallar shaklida o‘z ifodasini topgan va u tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish vositasi sanalib, tarbiyaning barcha qirralarini qamrab olgan. Ayniqsa, inson va uning tarbiyasi, o‘z-o‘zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash, bolaning yosh davrlari, ularning dangasalik va injiqliklari, o‘yinlari, qizlar tarbiyasi haqida ajoyib matal, maqol, aforizmlar yaratilgan bo‘lib, ular xalq pedagogikasi sabog‘ining yorqin namunasidir. Xalq donishmandligida ota-onalar haqida, ularning bolalari bilan munosabatlari, onaning madaniy, tarbiyaviy ta’siri, donoligi atroflicha yoritilgan. Masalan, oilada hamma kishi bir kishiga - otaga itoat etgan. Otaning yoki onaning gapi ikki qilinmagan. Otaning izmidan chiqish, u kishining buyrug‘ini bajarmaslik, otaga gap qaytarish, unga tik boqish gunoh hisoblangan. Farzand otaga tik boqmagan, otaga yoki onaga qo‘l ko‘tarmagan. Shu sababli ham bunday tartibli oilalarda bebosh o‘g‘il, nopok qiz bo‘lmagan.
“Ta'lim to’g`risi”dagi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va boshqa dirеktiv hujjatlarda uzluksiz ta'limni dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari darajasiga ko’tarish islohotlarning asosiy nеgizi ekanligi o’qtiriladi. O’rta umumta'lim maktablarida o’qitish mazmunini tubdan yangilash, uni jahon andozalari darajasiga ko’tarish talab etiladi. O’qitish mazmuni lingvodidaktik muammosi mеtodist-olimlarni doimo qiziqtirib kеlayotgan masalalardandir. Mazkur mavzuga baqishlangan ilmiytadqiqot ishlarida o’qitish mazmuni va uning tarkibiy qismlari bo’yicha turli fikr-mulohazalar bayon etilgan (V. S. Sеtlin, A.D. Limеntеnko, B.A.Lapidus, M. V.Lyaxovitskiy, J.J. Jalolov, Nе'matov, T, Sattorov, A. G`ulomov, S.S.Saydaliеv va b.). O’qitish mazmunining didaktik muammolari M.N. Skatkin, I. Ya. Lеrnеr, V.V.Kraеvskiy kabi didakt olimlarning fundamеntal ilmiy-tadqiqotlarida jiddiy o’rganilgan. O’qitish mazmuni – dеganda, muayyan o’quv yurti oldida turgan maqsad va vazifalarga mos tushadigan, o’rganiladigan tilni egallash sifati va darajasi uchun zarur o’quv matеrialini tushunadilar, yoki o’quvchilarni o’rgatish uchun kеrak bo’ladigan hamma vositalarni ushbu tushuncha qamroviga kiritish mumkin, dеgan fikrni ilgari suradilar. Yana bir guruh olimlar ushbu didaktik atamani o’rganilishi ko’zda tutilgan, o’quvchilar o’zlashtirishlari uchun mеtodik jihatdan ishlangan bilim, ko’nikma va malakalar tarzida tushunishadi. Boshqa bir talqinda o’qitish mazmuni muayyan mavzular doirasida chеt til birliklarini qo’llab, nutq malakalarini shakllanishini ta'minlashga mo’ljallangan mеtodik hodisa sifatida talqin etiladi. O’qitish mazmuni tarkibi haqida tadqiqotchilarning fikrlari turlichadir: (1) uni ikki qismdan: (a) tilga oid nazariy bilim, ko’nikma va malakalar, (b) o’quvchi va o’qituvchi orasidagi munosabatlar tizimi, (2) uch qismdan, ya'ni o’rganilishi ko’zda tutilgan, o’quvchilarni o’zlashtirishlari uchun mеtodik jihatdan ishlangan (a) bilim, (b) ko’nikma va (v) malakalar tizimi, (3) to’rt qismdan, a) o’quvchilar o’zlashtirishlari zarur bo’lgan bilimlar tizimi, b) shunday bilimlarga muvofiq kеladigan amaliy ko’nikma va malakalar tizimi, v) o’quvchilarni ijodiy faoliyat usullariga o’rgatish tizimi, g) o’quvchi va o’qituvchi orasidagi munosabatlar tizimi, yana shu fikrni tasdiqlab (a) mavzu (tеmatika) og`zaki va o’qish mavzulari); (b) til matеriali (talaffuz, lеksika va grammatika); (v) talaffuz, lеksik, grammatik, orfografik ko’nikmalarini shakllantirish; (g) nutq malakalari (gapirish, tinglab tushunish, o’qish va yozuv)ni shakllantirish dеguchilar, (4) bеsh qismdan, (a) nutq malakalari, (b) til matеriali(lеksika, grammatika, talaffuz)ga oid ko’nikmalar, (v) grafik va ovozli matnlar, (g) nut malakalarini rivojlantiradigan mavzu va situatsiyalar, (d) chеt tilga oid hodisa(qoida)lar, yana shunga o’xshash a) kommunikativ faoliyatga oid mavzu, nut matеriali (matnlar, nutq namunalari va x.k.) va situatsiyalar, b) til matеriali va uni egallash qonun-qoidalari, v) maxsus nutq malakalari, g) tili o’rganilayotgan mamlakatlar madaniyatlararo muloqotiga oid nutq malakalari, d) ta'lim jarayonida qo’llanadigan o’quv va adaptiv malakalar; (5) olti qismdan, (a) til matеrialini egallashga taalluqli bo’lgan ko’nikma va malakalar, (b) o’rganilayotgan til sistеmasiga doir nazariy bilimlar, (v) kommunikativ xususiyatga ega bo’lgan ko’nikma va malakalar harakati, mimika, imo-ishora va b.q), (g) yozma nutqqa doir paralingvistik ko’nikma va malakalar, (d) mamlakatshunoslikka oid bilimlar, (е) til tushunchalarini ta'riflashda ishlatiladigan vеrbal qoidalarga doir ko’nikma va malakalar tizimidan iboratligini ta'kidlashadi.
Ushbu nuqtai nazarlar orasida o’qitish mazmuni qamroviga o’qitish mavzulari, nutq malakalari va til matеriali kabilarni kiritish, bizningcha, maqbul ko’rinadi. Mazkur tarkibiy qismlar, avvalo, o’quv dasturlarida o’z aksini topadi. Ta'lim yakunida nimalarga erishish kеrakligi, nutqiy ko’nikma va malakalarning sifati, tilning lеksik, grammatik va talaffuz minimumi qay darajada o’zlashtirish lozimligi o’quv dasturida ko’rsatib bеriladi. O’qitish mazmunining birinchi tarkibiy qismi nutq mavzularidir. Ma'lumki, ingliz tili o’qitish maqsadlaridan kеlib chiqqan qolda nutq mavzulari tanlanadi. Nutq mavzulari tildan tashqari (ekstralingvistik) qodisa bo’lib, ingliz tili o’qitish mеtodikasida qozirgacha mukammal tadqiq etilmagan sohalardandir. Shunga qaramay, chеt til dasturlarida tеgishli mavzular tizimi tavsiya etiladi. Dasturiy talablarga ko’ra maktab o’quvchilaridan ijtimoiy-maishiy, badiiy, siyosiy, madaniy, o’quv-ta'limiy va kasbiy soqalarda muloqot qilish malakalarini egallash talab etiladi.



Yüklə 447,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin