Bolalar psixikasining o`rganish psinsiplari. Reja



Yüklə 23,26 Kb.
səhifə1/7
tarix24.04.2023
ölçüsü23,26 Kb.
#125806
  1   2   3   4   5   6   7
Bolalar psixikasining o`rganish psinsiplari.


Bolalar psixikasining o`rganish psinsiplari.
Reja:



  1. Bolalar psixologiyasi fani maqsadi, vazifalari

  2. Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi

  3. Bola psixikasini o‘rganish metodlari


Bolalar psixologiyasi fani maqsadi, vazifalari
O‘zbekiton Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilangan har tomonlama etuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda, bolani dunyoga kelganidan boshlab to voyaga etguniga qadar bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota – onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Bolaning psixik taraqqiyoti haqidagi bilimlarni esa psixologik bilimlarning maxsus sohasi – Bolalar psixologiyasi fani o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi – psixologiya fanining alohida tarmog‘i bo‘lib, bolaning tug‘ilganidan to etuklik davrida psixik taraqqiyotini, turli yosh davrlardagi bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarni, rivojlanishining turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlarini o‘rganadi.
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ilganidan etuklik davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan, ya’ni har bir shaxs uzoq bolalik davrini boshdan kechiradiki, bu davrda unda alohida psixik jarayon va xususiyatlar yuz beradi. Shuning uchun ham bu davrni fanda alohida ajratib o‘rganiladi va uni ontogenetik (tug‘ilgandan ulg‘aygungacha o‘sib yetilish davri) taraqqiyot yo‘li deyiladi.
Bolalar psixologiyasi bola psixikasining taraqqiyoti hamda shaxsiy xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni ham o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi bu muammolarni hal qilishda mustaqil fan sifatida o‘ziga xos vazifalarni hal etmog‘i lozim.
Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim nazariy va amaliy vazifalari turadi. Bolalar psixologiyasining nazariy vazifalari uning nazariy muammolarini echishga qaratilgan.


Yüklə 23,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin