Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Go’dak psixikasining o’sishi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə12/62
tarix10.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#139541
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

Go’dak psixikasining o’sishi.
İlk yoshdagi bolalar jismoniy jihatdan tez rivojlanish bilan birga psixik jihatdan ham tez rivojlanadi. Chaqaloqlar psixikasining rivojlanishi 1 –dan analizatorlarni takomillashuvi bilan bog’liq bo’lsa, 2 –dan mustaqil harakatlarning o’sishi bilan bog’liq. Analizatorlarni tez takomillashuvi natajasida bir oylik bo’lgandan so’ng unda dastlabki shartli reflekslarning shakllanishi ideallashadi. Shu davrda bola psixikasining tez rivojlanishi yo’lga qo’yiladi. 2-3 oylik bolalarda analizatorlarni faoliyati takomillashuvi natijasida tasir qilayotgan qo’zg’atuvchilarni farqlash qobiliyati yuzaga kela boshlaydi.
Ovozlarni, so’ngra yorqin ranglarni, tamlarni farqlay boshlaydi. Bola bir oyga to’lgach, o’zini parvarish qilayotgan odamga intiladi, o’ziga yaqin insonini aft basharasiga qarab ijobiy his tuyg’ular uyg’onadi. Tasirga berilishi va tasirlanishning bu shakli bola bilan kattalar o’rtasidagi aloqaning boshlang’ich ko’rinishidir. Shaxslararo aloqaning bu shakli chaqaloqlik davrining tugashi va ilk bolalikning boshlang’ich davridir.
Chaqaloqda paydo bo’ladigan ijobiy tuyg’ularning oddiy tabiiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq emas. Chunki psixik dunyodagi o’zgarishlarni o’rgangan M.Yu.Kityakovskayaning o’qtirishicha, uyqusizlikdan qiynalish va ochlik uyg’otuvchi va qo’zg’otuvchilarni bartaraf qilish salbiy kechinma va his –tuyg’uni pasaytiradi.
Psixolog D.B.Elkonin nazariyasiga ko’ra chaqaloqlik davridagi ilk bolalik, go’daklik davriga o’tishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud: bular
1) ko’z va quloq yordamida diqqatni muayyan bir obektga to’plashning paydo bo’lishi, bola harakat faoliyatining qayta qurilishi boshlangani, aloxida namoyon bo’lishi, harakatning xulq hodisasiga aylanishi.

  1. sirtdan idrok qilinuvchi barcha obektlarga (subektlarga) aloxida qo’zg’atuvchiga nisbatan hosil bo’lishi.

  2. katta yoshdagi odamlarga (onasiga va yaqin kishilarga) nisbatan emotsional reaktsiyalar (his –tuyg’ular va kechinmalar) yangi ehtiyoj paydo bo’lishining ko’rsatkichi ekanligi.

  3. Bolaning kattalar bilan muloqotda bo’lish ehtiyoji uning keyingi psixik o’zgarishi va negizida tashkil etishi.

Go’dakning bir yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarining o’rganish bo’yicha bir qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N.L.Figurin, M.P.Denisova, M.Yu.Kityakovskaya, D.B.Elkonin, S.A.Arkin, S.Fayanslarning asarlari katta ahamiyatga ega, S. Fayans tajribasida go’dakka chiroyli va jozibador o’yinchoqlar 9 sm dan masofadan ko’rsatilgan, u butun vujudi bilan ularga intilgan, keyinchalik oraliq 60 sm bo’lganda bolaning intilishi sustlashgan va nihoyat ular 100 sm dan ko’rsatilgan bolaning intilishi mutlaqo o’chgan.
U o’yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga ham ana shunday befarq qaragan, masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi shunchalik kuchaygan. Ko’pgina psixiologlar bolalarda kattalar bilan bo’lgan munosabatda yuzaga keladigan emotsional reaktsiyalarni jonlanish kompleksi deb ataganlar. Bunda bola uning bilan munosabatda bo’layotgan odamga muloyim tiqilib jilmayadi, qo’l va oyoqlari bilan ovoz chiqaradi. Bolada qandaydir kuchli mamnunlik hissi yuzaga keladi.
Go’dak yoshiga to’lguncha juda ko’p harakatlarni o’zlashtiradi. Bolaning qiladigan turli tuman harakatlari orasida qo’l –harakatlari psixik taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. 4 oylik bola narsalarga qo’l cho’zadigan, ammo u xali o’zining qo’l harakatlarini idora qilolmaydi. 5 oylik bo’lgach narsalarni paypaslab ko’radigan bo’ladi.
Bolaning psixik taraqqiyotida murakkab harakatlarni egallab borish katta rol o’ynaydi. 6 oylik bo’lgach, mustaqil o’tara oladigan bo’ladi. 3-6 oylikacha bolalar katta yoshdagi odamlar bilan tanlab munosabatda bo’ladi. Bolada yaqin kishilarga bog’lanish sodir bo’ladi, shu sababli ona yoki enagasini ko’rish bilan qichqirib qarshilaydi, talpinadi. Yarim yoshga to’lganida atrofdagilar qatori qarindoshlariga, qo’ni – qo’shnilariga ko’nikib boradi.
8 oylik bo’lgach yana bir murakkab harakatni - emaklashni o’rganadi. Bola psixikasining rivojlanishida bu yangi harakatning ahamiyati katta. Emaklay boshlagach, bolaning atrofdagi narsalar bilan munosabati kengayadi. U bir narsani olib ikkinchi narsaga o’rib taqillatadi va chiqayotgan ovozga quloq soladi. Bu yoshdagi bolalar biror narsaning qopqog’ini ochib yopishni yoqtiradilar. Bunday harakatlar bolaning qo’l muskullarini mustahkamlaydi. Og’ir kasallikka uchramay, jismoniy jihatdan sog’lom o’sgan bola 9 -10 oylik bo’lganda yura boshlaydi. Yura boshlagan bolaning faolligi kun sayin ortib, erkin harakat qila boshlaydi. Bemalol yuradigan bola tor uy doirasidan tashqariga chiqish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin