Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Ilk bolalik davrida o’z-o’zini anglash. Ilk bolalik davrida psixik taraqqiyot diagnostikasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə16/62
tarix10.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#139541
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

Ilk bolalik davrida o’z-o’zini anglash. Ilk bolalik davrida psixik taraqqiyot diagnostikasi
Ózini-ózi anglashning rivojlanishi xar bir bolada o’ziga xos tarzda kechadi. Biroq barcha bolalarda, odatda, xayotning birinchi yili oxiriga kelib, o’zini-o’zi anglashning paydo bulganini tasdiklovchi belgilar kuzatiladi: bola o’zini ,uz tanasini uni urab turgan fazodan ajrata boshlaydi. O’zini-o’zi anglashning keyingi rivojlanishi bolaning uz xoxishlari va umuman, faoliyati motivlarini anglashi bilan bogliq bo’ladi. Óz faoliyatining motivlarini anglashi, bolaga ózini-ózi anglashning keyingi bosqichiga utishga, ya'ni uz xarakatlaridan ajrata olishra yordam beradi.
Dastlab bola o’zini faoliyat sub'ekti sifatda anglamaydi. Ilk bolalik yoshidagi bolalar o’zi haqida "Doniyor sakrayapti". "Sevinch uxlamoqchi". - deb aytishadi.
Xayotning 3-yili ózini-ózi anglash rivojidagi muxim bosqich bulib xisoblanadi. Chunki bu davrda bolada avvallari predmetga maxkam biriktirib quygan xarakatni asta-sekin undan ajrata boshlaydi. Bu xodisa birdan, óz-ózidan ruyobga chiqmaydi. Uning amalga oshishiga sabab bolaning avvalgi predmetli xarakatini yangi sharoitlarda bajarishi va uni boshqa predmetlarga kuchirishidir.
"Men uynayapman" , "Men qiyinayapman" , "Men ovqat eyapman" degan gaplarni hamda "-ózim" deran suzni 3 yoshli bolaning nutqida tez-tez uchratishimiz mumkin. Ózini uchinchi shaxs olmoshi bilan ifodalashdan "men" olmoshini ishlatishga ótishi ilk bolalik davrining eng muxim yutyqlaridan biridir. Ba'zi psixologlar, (L.I.Bojovich) xatto, ilk bolalik davrining oxiriga kelib paydo buluvchi "Men" tizimi va uning yuzaga keltiradigan mustaqil xarakat qilish extiyoji, óz "Men"ini ruyobga chiqarishi namoyon etish extiyoji yshbu davrda yuzaga keluvchi eng markaziy yangi to’zilma, deb xisoblashadi. Bu to’zilma ketidan paydo buluvchi to’zilmalar orasida o’ziga-ózi baho berishning yuzaga kelishi bolaning shaxs sifatida rivojlanishida óta muxim ahamiyat kasb etadi.
Shaxs shakllanishining dastlabki bosqchlarida ya'ni ilk bolalik davrining oxiri va bog’cha yoshining boshidagi o’ziga-ózi baho berishning genezisida (yuzaga kelishida) bolaning kattalar bilan bulgan muloqoti xal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Bola ózining imkoniyatlari haqida adekvat bilimga ega bo’lmaganligi tufayli katgalarning unga bergan bahosini qabul qiladi. Boshqacha aytganda, bola ózini katgalar orqali ularning bola haqidagi fikri orqali baholaydi. Bola bu davrda o’ziga­ ózi baho berishda tulaligicha kattalarning fikriga suyanadi. Ózi haqidagi mustaqil tasavvur elementlari esa biroz keyinroq paydo bo’ladi.
Maxsus tadqiqotlarning ko’rsatishicha (B.G.Nechaev va b.) ushbu elementlar dastlab shaxsiy sifatlar, axloqiy fazilatlarni baholashda emas, balki predmetli va tashki xususiyatlarni baholashda namoyon bo’ladi. Bu esa xarakatlarning predmetdan to’liq ajralib chiqmaganligini ko’rsatadi.
Bogcha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishida ancha sezilarli bo’lgan o’zgarish ózga kishining tashki xususiyatlarini baholashdan shaxsiy xususiyatlarini baholashga –ótishida ifodalanadi.
Barcha yosh guruhlardagi bolalarda o’zlaridan ko’ra ózga shaxslarni ob'ektivroq baholashlari kuzatiladi. Biroq bu erda ham ma'lum bir farqlab uchraydi. Jumladan, katta bog’cha yoshidagi bolalar "Sizlarning orangizdagi eng yaxshi bola kim?" degan savolga odatda "Men" deb javob bermaydilar. Ammo bu bolaning o’ziga-ózi beradigan bahosi pasayganini bildirmaydi. Bolalarning bunday javobni bermasliklariga sabab shundaki, bu yoshda ular ko’pincha maqtanchoqlik yaxshi emasligini biladilar. Agar o’zlarini ijobiy tomondan baholamoqchi bo’lsalar, buni ko’pincha bilvosita amalga oshiradilar. Masalan, "Sen yaxshi bolamisan yoki yomon bolamisan?" degan savolga bolalar (bog’chaning katta guruh bolalari) "Yaxshi" yoki "Yomon" deb javob bermaydilar, buning órniga "Bilmadim.., Men kattalarga quloq solaman", "Men ham 100 gacha sanashni bilaman", "Men doim navbatchilarga yordam beraman" deb aytadilar.
Bogcha yosh davrida o’ziga-ózi baho berish emotsional xarakterga ega bo’ladi. Bolaning boshqalarga beradigan bahosi ham shunday xususiyatga ega bo’ladi. Bola uni órab turgan kattalardan qaysi biriga ishonch xis etsa, mexri tovlansa, usha kishiga ijobiy baho beradi. Katta bog’cha yoshidagi bolalar ularni órab turgan kattalarning ichki olamiga baho berishga harakat qiladilar. Órta va kichik bog’cha yoshidagi bolalardan farqli ravishda kattalarning ichki olamiga anchagina chuqur va differentsiallashgan baho beradilar.
Aniqlanishicha, bolaning guruhda egallagan mavqei uning o’ziga-ózi beradigan bahosiga tasir etadi. Masalan, guruhdagi mavqei unchalik baland bo’lmagan bolalarda o’ziga juda yuqori baho berish, aksincha guruhdagi mavqei ancha yaxshi bo’lgan bolalarda o’zini past baholash tendentsiyasi kuzatiladi. Bogcha yoshining oxiriga kelib bolaning atrofdagilarga beradigan bahosi ancha chykur, to’liq detallashgan va kengaytirilgan tus ola boshlaydi.
Bu o’zgarishlar shu bilan tushuntiriladiki, katta bog’cha yoshidagi bolalarda odamlarning ichki olamiga qiziqish ortib boradi, ular baho berishda muxim bo’lgan mezonlarni ózlashtirib boradilar, tafakkur va nutqlari rivojlanib boradi.
Bog’cha yoshidagi bolaning o’ziga-o’zi beradigan bahosida unda rivojlanib borayotgan g’urur va uyat tuyg’ulari ham aks etadi.
O’zini-o’zi anglashining rivojlanishi bolaning bilish va motivatsion sohalari shakllanishi bilan uzviy bogliq bo’ladi. Mana shu soxalarning rivojlanib borishi natijasida bola ham o’zini, ham o’zi egallab turgan vaziyatni anglashga qodir bo’la boshlaydi, yani unda o’zining ijtimoiy menini anglash shakllanadi. Bu xodisa bolaning keyingi yosh bosqchiga ótishida, hamda uning maktabga psixologik tayyorligida muxim rol óynaydi. Bogcha yoshining oxiriga kelib, bolaning ózgalarga va óz-o’ziga beradigan bahosidagi mustaqillik, tanqidchanlik ancha ósadi. Bogcha yoshidagi bolaning motivatsion soxasi aktiv rivojlanib boradi. Kichik bog’cha yoshidagi bolaning xulq-atvori ilk bolalik davrlarida unchalik farq qilmaydi. Bu davrda ham bolalar asosan situativ emotsiyalari va xoqish istaklari ta'sirida harakat qiladilar. Biror harakatni bajara turib ular nima uchun shunday qilayotganliklarini to’liq tushunmaydilar va tushuntira olmaydilar. Katta bog’cha yoshidagi bolalarning xatti - xarakatlari ancha aniqlangan tarzda ruy beradi. Xar xil motivlar bog’cha yoshining turli bosqchlaridagi bolalarni aynan bir xarakatni amalga oshirishga undaydi. Masalan, 3 yoshli bola o’yinchoklarini yuvishidan maqsadi suv uynash bulsa, 6 yoshli bolaning maqsadi o’yinchoklarni toza qilish , onasiga yordam berishidan iborat bo’ladi.
Bogcha yosh davrida motivatsion soxada aynan shu davrga xos motivlar paydo bo’ladi. Bular orasida bolaning kattalar olamiga bo’lgan qiziqishi bilan, ularga uxshashga xarakat qilishi bilan bog’lik motivlar ham mavjud bo’ladi.
Maxsus tadqiqotlar (L.Z.Neverovich va b.)ning ko’rsatishicha óz tabiatiga ko’ra ijtimoiy bo’lgan motivlar bog’cha yoshidayok ancha katta, xatto, shaxsiy manfaat va faoliyatining tashki, protsessual tomonlariga qiziqish kabi motivlardan ham kattaroq undovchi kuchga ega bo’lishi mumkin. Biroq tabiatdan va mazmunan ijtimoiy bulgan motivlar tusatdan yuzaga kelmay, balki kattalarning tarbiyalovchi ta'siri ostida shakllanadi.
Demak, bog’cha yosh davrida xulq-atrofning yangi motivlari paydo bo’ladi. Bu motivlar muayyan o’zaro munosabatlarga kirishadilar, bir-­biriga boglangan xolda, motivlar ierarxiyasini xosil qiladi. Motivlar ierarxiyasi bog’cha yosh davridagi bolaning motivatsion soxasida paydo buluvchi va uning rivojlanishida juda muxim urin egallovchi to’zilma bulib xisoblanadi.
Motivlar ierarxiyasidagi motivlarning bir-biriga o’zaro tobe bo’lib bog’langanligi tufayli bola muxim, lekin ancha zerikarli vazifani bajarish uchun ayni damda unga qiziqarli bo’lib ko’ringan mashg’ulotdan voz kechishi mumkin. Bog’cha yosh davrida faoliyat motivlari ma'lum bir tizimga tushib, ayrim motivlar boshqalaridan ustun kela boshlaydi. Qanday motivning ustun kelishi bola xulq-atvorining yunalishini belgilab beradi. Bogcha yosh davrida bola shaxsining ózagi endigina shakllanayotgan bo’lsa ham, shu davrdayok bolalarni xulq- atvorida ma'lum bir yunalganlik kuzatila boshlaydi. Bu yunalganligi xar xil - egoistik yunalganlikdan tortib individualistik, ijtimoiy yunalganlikkacha bo’lishi mumkin (albatta ushbu yoshning imkoniyatlari doirasi).
Bogcha yoshidayoq ba'zi bolalar xulq-atvorida yaratuvchanlik, ayrim bolalarda esa buzg’unchilikka, iste'mollikka bo’lgan mayllar yorkin namoyon bo’ladi. Tarbiyachi va ota-onalar bunday mayllarni tez payqab olishi lozim. Chunki bu salbiy xususiyatlarning óz vaqtida korrektsiya qilish, ijtimoiy jixatdan kadrlanadigan extiyoj va motivlarni shakllantirish, xar bir bola uchun o’z-o’zini namoyon etishga sharoit yaratish imkoniyatini beradi.



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin