Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Psixik taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchlar



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə24/62
tarix10.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#139541
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

Psixik taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchlar.
Shaxs taraqqiyotidagi ichki ziddiyatlar psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir.
Asosiy ziddiyatlardan biri shaxsda paydo bo’ladigan yangi ehtiyojlar va ularni qondirish uchun zarur vositalarning yetishmasligidir. Shaxs taraqqiyotining erishgan darajasi, hayot tarzi va uning ijtimoiy munosabatlar sistemasida tutgan o’rni o’rtasidagi ziddiyat ham muhim ziddiyatlardan biridir. Shaxs yangi sharoitga moslashishga intiladi (bog’chada, maktabda). Ta’lim va tarbiya jarayoni ham shaxs oldiga yangi vazifalarni qo’yadi, faoliyatning yangi motivlarini hosil qiladi.
Shaxs ma`lum ijtimoiy munosabatlar sistemasida shakllangan ijtimoiy mavjudotdir. Har bir tarixiy davrda shaxsning o`ziga xos xususiyatlari shu davrning ijtimoiy- iqtisodiy tipi va tarbiya tizimiga bog`liq holda tashkil topadi, shakllanadi.



Yosh davrlari
Yetakchi faoliyat
1) Go’daklik davri – tug’ilgandan 1 yoshgacha

asosiy faoliyat – bevosita emosional muloqot.



2) Ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha

asosiy faoliyat – predmetli faoliyat.



3) Maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 yoshgacha

asosiy faoliyat – rolli o’yinlar.



4) Kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 10 yoshgacha

asosiy faoliyat – o’qish.



5) O’smirlik davri – 10 yoshdan 15 yoshgacha

asosiy faoliyat – muloqot.



6) Ilk o’spirinlik davri – 15 yoshdan 18 yoshgacha

asosiy faoliyat – o’qish, kasb tanlash.





Mustahkamlash uchun savollar
1. Psixik taraqqiyotning biologik sharoitlari nimalardan iborat?
2. Bola psixik taraqqiyotni qonuniyatlari nimalardan iborat?
3. Ta`lim va taraqqiyot tug’risidagi L.S.Vigotskiyning ta`limotini tavsiflab o’ting?
4. Taraqqiyot yosh bosqichi nima?



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin