Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Chaqaloqlik davrida jismoniy rivojlanish



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə10/62
tarix10.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#139541
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

Chaqaloqlik davrida jismoniy rivojlanish.
Bolaning oiganizmi to’xtovsiz o’sadi, buning uchun esa juda ko’p ozuqa moddalar kerak bo’ladi. Ozuqa moddalarini bola ovqat orqali oladi. Shu sababli bolaning jismoniy jihatdan normal o’sishida o’z vaqtida ovqatlanishi va ovqatning sifati juda katta ahamiyatga ega. Normal tug’ilgan bolaning o’rtacha vazni 2800-3500 g, bo’yi 45-52 santimetr bo’ladi, bir yil davomida uning vazni va bo’yi ayniqsa sezilarli o’zgaradi. Normal o’sib ulg‘ayayotgan bola yarim yoshga eytganida uning vazni ikki barobar, bir yoshga etganida esa uch barobar ortadi. Bolaning vazni dastlabki oylarda, ayniqsa, bir-uch oyligida tez ortadi. Keyinroq borib vaznning ortishi birmuncha sekinlashib boradi va bir yoshga toigach, bolaning vazni 9 kg ga etadi. Tarbiyachi bolalarning umumiy psixik taraqqiyotlari va psixologik sifatlarini turli faoliyatlar jarayonida o’rganib, ular haqida to’la malumotlarga ega bo’la olmaydi. To’la ma’lumotga ega bo’lish uchun tarbiyachi bolaning uy sharoitida, hulq-atvori va xatti-harakatlariga doir ma’lumotlardan ham xabardor bo’lishi shart. Tarbiyachi har bir bolaning fei-atvori va xatti-harakatlariga doir kuzatgan faktlarni yozma ravishda qayd qilib borishi va har bir bolaga maktabga chiqish oldidan to’la psixologik-pedagogik xarakteristika to’zishi lozim. Bir yoshga tolgunga qadar bolaning bo’yi ham juda tez o’sadi. Xuddi vazni kabi bolaning bo’yi ham dastlabki oylarida ayniqsa tez o’sadi. Keyin bo’yining o’sishi ham ancha sekinlashadi. Agar bola bir yoshga to’lguncha taxminan 25 sm ga o’ssa, keyingi ikki yil ichida faqat 18 sm ga o’sadi. Yangi tug’ilgan bolaning suyaklari, ya’ni skeleti hali katta odamlamiki singari qattiq va mustahkam bo’lmaydi. Chaqaloq bolaning skeleti deyarli yumshoq tog‘aydan iborat bo’ladi. Keyingi taraqqiyot davrida, ya’ni bir yoshga to’lguncha uning skeleti suyakka aylana boshlaydi. Agar bola chaqaloqlik davrida noto’g‘ri parvarish qilinsa, uning skeletidagi turli qismlar noto’g‘ri o’sib, biror yeri qiyshiq bo’lib qolishi mumkin. Ko’pchlik hollarda bolaning noto’g‘ri o’sishi, noto’g‘ri yotishi natijasida umurtqa suyagi qiyshayib qolishi mumkin, chunki umurtqa suyagi juda elastik (egiluvchan) boladi.
So’nggi yillarda bolalar organizmining noto’g‘ri parvarishi bilan bogilik bo’lgan skolioz kasalligi haqida ko’p gapirilmoqda. Darhaqiqat, bolalarda paydo boigan skolioz (umurtqa suyagining qiyshayib qolishi) kasalligi ko’pchilik hollarda bolalar gavdasining normal o’sishiga ota-onalar va taibiyachilaming befarq munosabatda bo’lishlari tufayli yuzaga keladi. Skolioz (bukir) kasalligi juda og‘ir majruh bo’lishdir. Skolioz asosan ucki yo’1 bilan paydo bo’ladi. Ulardan birinchisi tug‘ma skolioz bo’lsa, ikkinchisi individual hayot davomida orttirilgan skoliozdir. Biz asosan ana shu individual hayot davomida bo’ladigan skoliozning oldini olishimiz, ya’ni uning paydo bo’lishiga yo’l qo’ymasligimiz kerak. Skolioz kasalligi dastaval mutlaqo bilinmaydi va juda sekinlik bilan rivojlanadi, vaqt o’tishi bilan u ko’zga tashlana boshlaydi. Skolioz kasalligi qiyin davolanadi. Uni davolashda ortopedvrachlar juda ko’p qiyinchiiklarga duch keladilar. Skolioz kasalligi o’g‘il bolalarda ham, qiz bolalarda ham uchraydi. Qiz bolalarning muskul va skeletlari o’g‘il bolalarga nisbatan zaifroq bo’lganligi tufayli ular skolioz kasalligiga moyliroq bo’ladilar. Bolalarda uchraydigan skolioz kasalligi muskul va skeletlaming tez o’sishi va ushbu o’sish davrida bolalaming noto’g‘ri o’tirishlari va yotishlari tufayli vujudga keladi. Skolioz kasalligiga uchragan bola o’ta nogiron qiyofaga kirib qoladi. Skolioz kasalligiga uchramaslik uchun bola yotadigan to’shak tekis, boshiga qo’yiladigan yostiq ham ortiqcha baland bo’lmasligi kerak. Bola yurishni o’rganayotganda goh o’ng, goh chap qo’lidan ushlab unga yordam berish lozim. Ana shu kabiarga rioya qilg’andagina bolani skolioz (bukir) kasalligidan saqlab qolish mumkin.


IV-semestr

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin