Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Yurishni o’rganish va uning bola rivojlanishiga ta'siri



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə15/62
tarix10.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#139541
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

Yurishni o’rganish va uning bola rivojlanishiga ta'siri.
Ilk bolalik davridagi bolalarning analizatorlari yaxshi takomil­lashgani va ular erkin xapakat qila olish imkoniyatiga egabulganliklari tufayli bu davrda psixik jixatdan tez rivojlanadi­lar. Ma'lumki, ilk bolalik davridagi bolalar faqat yurib va emaklab­gina qolmay, yugurish, sakrash hamda baland va past tusiqlardan oshib imkoniyatiga ham eta bo’ladilar. Borchagacha tarbiya yoshidagi bola­larning ertadan kechgacha turli xarakatlar qila olish imkoniyatlari tevarak-atrofdagi muxitni bilish extiyojini qondishda juda katta sharoit yaratib beradi.
Ilk bolalik davridagi bolaning turmush tajribasi deyarli yoq bulgani uchun hamma narsa qiziqtiradi. U o’zining kundalik tinimsiz xarakatlari davomida kattalarga taqlid qilib, mustaqil ravishda qiyinish, ovqat eyish, yuvinish kabi xarakatlarni ózlashtira boshlaydi. Bog’chagacha tarbiya yoshidagi bola óo’zining kundalik xarakatlari davomida xech bir erinmay, ko’z ungidagi hamma narsalarni tekshirib ko’padi. Na­tijada juda ko’p yangiliklarni bilib oladi, ózining sezgi va idroki­ni, tasavvur va xotirasini, tafakkur va nutqini. xissiyot va xayolini- umuman hamma psixik jarayonlarini rivojlantiradi.
Bu yoshdagi davrda sezgilarning rivojlanishi analizatorlarning tobora takomillashuvi bilan bog’liqdir. Ikki yoshdan oshgan bolaning sezgilari (ko’rish, eshitish, xid va ta'm bilish, teri va xarapakat kabi uning xap kungi xilma-xil xarakatlari davomida turli narsalarga be­vosita to’qnash kelishi natijasida rivojlanadi. Sezgilarning normal rivojlanishi bola idroki usishi uchun zamin yaratadi.
Ilk bolalik davridagi bolaning idroki ancha rivojlangan bulsa ham xali katta odamlar idrokidan keskin farq qiladi. Birinchidan, bolalarda turmush tajribasi yukligi tufayli ularning idroklari ham anglashilmagan xarakterga ega bo’ladi. Ular kup narsalarga birinchi marta duch keladilar. Shuning uchun bolalar idrok qiladigan kup narsa­lar ularga yangilik, ya'ni dastlabki taassurot kuchiga eta bo’ladi. Ik­kinchidan esa, bolalarning idroki kupincha ixtiyorsiz xarakterga ega bo’ladi, ya'ni ularning idrokida muayyan bir maqsadni kuzlash xali se­zilmaydi. Shuning uchun ularning idroki bir narsadan boshqa bir nar­saga beixtiyor kechib keta beradi. Lekin bu yoshdagi bolalarda xissiyot kuchli bulgani uchun ular o’zlarini qiziqtiradigan xayron qoldiradigan, xissiy kechinmalar uygotadigan narsalarni idrok qiladilar.
Bu yoshdagi bolalar idrokining yana farqlanadigan tomoni shundaki, ular idrok qilayotgan narsalarni umumlashtira olmaydilar. Atrof ­muxitdagi narsalarni qanday bulsa shundayligicha idrok qiladilar. Bu xususiyat ularning rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol kurinadi. Ma­salan, ikki yarim yashar bolaga otning kallasi solingan surat kursatilsa, xayron bulib, otning o’zi qani, deb suraydi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda murakkab psixik jarayonlardan biri bo’lmish xayol anchagina rivojlana boshlaydi. Lekin bu asosan ix­tiyorsiz xayol bo’ladi. Ular xali ma'lum maqsad asosida ixtiyoriy tarzda xayol yurgiza olmaydilar.
Bola ikki yoshga to’lgach, uning o’yinlarida jiddiy o’zgarish ruy be­radi. Bolaning o’yiniga endi taqlidiy xarakatlar qo’shiladi. Bola kat­talardan ko’rgan-bilganlarini o’yinda takrorlay boshlaydi. Bu davrda bola mashinasini u yoqdan bu yoqqa siljitish yoki tepalikdan sirg’antirib tushirish bilan cheklanmay, xaydovchilarning harakatlarini bajaradilar. Mashinaning motori ovoziga taqlid qilib ovoz chiqaradi, mashinada yuk tashiydi va xokazo.
Nutqnning ósishi bola xayolining ósishiga katta ta'sir ko’rsatadi. Bolalar kattalarning gaplariga tushunadigan bulgach, xar xil ertak va xikoyalarni qiziqib tinglaydigan bo’ladi. Bolalar ózlari biladigan, ózlariga yaxshi tanish bo’lgan narsalar haqidagi xikoyalarni joni dili bilan eshitadilar. Xar bir xikoyani eshitganda bolada xilma-xil tasav­vurlar yuzaga keladi. Bola bu tasavvurlari yordamida xayol qilish qobiliyatiga ega bo’ladi. Bola xikoyalarni eshitish orqali olgan tasav­vurlarini so’zlar bilan ifodalaydi. So’z esa bolaning narsalarni boshqacha idrok qilishiga, ularning boshqa narsalarga uxshashligini aniqlashiga va ana shunday uxshashliklarni aniqlash asosida yangi Ob­razlar, yangi tasavvurlar yaratishga yordam beradi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda barcha psixik jarayonlar ma'lum darajada rivojlanar ekan, bu umuman ular ongining rivojlanishiga zamin yaratadi. Tili chiqib, idrok va tafakkuri anchagina ósgan bola tevarak-atrofdagi xar turli narsalarga ongli munosabatda bo’la bosh­laydi. Bola ózining turli extiyojlarini anglab, ózining shaxsini shakllantira boshlaydi. Mashxur fiziolog I.M.Sechenovning tili bi­lan aytganda, bola ana shu davrdan boshlab, óz sezgilarini tevarak at­rofdagi narsalardan ajratib, óz-ózini anglay boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarning so’z boyligida óz shaxsini bildiruvchi «men» degan olmosh tez-tez uchrab turadigan bo’ladi. Ana shu tariqa bola juda elementar tarzda bo’lsa ham ózini shaxs sifatida anglay boshlaydi. Binobarin, ana shu davrdan boshlab ilk bolalik davridagi bolalarning shaxsiy(individual) xususiyatlari kamol topa boshlaydi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin