Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə3/62
tarix10.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#139541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

Proektiv metodlar.
Proektiv metod - shaxsni o’rganishning metodlaridan biri. Unda shunday eksperimental vaziyatlar yaratiladiki, bu vaziyatlar sinaluvchi­lar tomonidan turlicha talqin etilishi mumkin bo’ladi. Aynan sinaluv­chining bergan talqinini tahlil etish orqali uning shaxsi haqida mu­ayyan xulosalar chiqariladi. Chunki muayyan eksperimental vaziyatni talqin etar ekan proektsiya mexanizmi tufayli sinaluvchi óz ichki ke­chinmalari, uy xayollari, orzulari, qurquv va xavotirlarini tashqarira chiqaradi. Maktabgacha yoshdari bolalar bilan ishlaganda qo’llaniladigan odatdari proektiv metodikalar quyidarilardan iborat: «Bola apper­tseptsiya testi», «Oilaviy ustanovkalarning Jekson testi», ”Oila rasmi”, ”Portret” va xokazolar. Ushbu metodikalarni qo’llash asosan individual ish jarayonida amalga oshirilib, ancha ko’p vaqt talab etadi. Proektiv metod bilan ótkazilgan tadqiqot natijalarini talqin etishda tadqiqotchidan katta maxorat talab qilinadi.
Faoliyat maxsulini óranish metodi.
Faoliyat maxsulini órganish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni órganish haqida gap ketganda, birinchi navbatda, bolalarning tasviriy faoliyati maxsullarini taxlil qilish nazarda tutiladi. Shu tufayli tasviriy faoliyat maxsullarini o’rganishga asoslangan metodlar óz no­mi bilan grafik metodlar deb ataladi. Grafik metodlar óz ichiga rasm chizish metodikalari - «Odamni chizrin, «Avtoportret», «Erkin mav­zudagi rasm», «Dunyo rasmi», «Oila rasmi», «Oilaniing kinetik rasmi», "Uy, daraxt, odam» - «Geometrik shakllardan odam rasmini yigish» , «Daraxt» grafik testi, «Grafik diktant» va boshqalarni oladi. Yuqorida tilga olingan metodik vositalar adabiyotlarda batafsil taxlil etilgan.
Test.
Test - shaxsga xos muayyan psixologik sifatning rivojlanish da­rajasini ulchash uchun xizmat qiladigan topshiriqlar yigindisi. Test metodida muayya standart topshirik va vaziyatlar (testlar) qo’llaniladi.
Ushbu metod bir qator ustun tomonlarga ega: Tadqiqotni sinaluvchi­larning katta guruhi bilan o’tkazish mumkin natijalarni xulosalash va qayta ishlash ancha engil va sodda. Metodning asosiy kamchiliri shynda­ki, u bolaning kelajakdagi rivojlanishi haqida ma'lumot berolmay­di.
Psixologiya fanida xozirda maktabgacha yoshdagi bola shaxsiga xos xususiyatlar, uning emotsional-irodaviy soxasiga xos sifatlar, moti­vatsion soxasiga tegishli xususiyatlar, individual tipologik xususiyat­lari, bolaning bilish jarayonlariga xos xususiyatlarni aniqlaydigan maxsus testlarning tunlamlari mavjud.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin