Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə31/62
tarix10.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#139541
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

Maktabgacha talim – bola shaxsini sog’lom va etuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydigan talim. Bu talim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qati nazar boshqa talim muassasalarida olib boriladi.
Maktabdan tashqari talim – bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan talim muassasalarida tashkil etiladigan talim.
Malaka – muayyan mehnat faoliyatini bajarish uchun lozim bo’lgan nazariy va amaliy umumtalim va kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalar majmuasining mavjudligi.
Malaka – ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.
Milliy dasturning maqsadi – Talim sohasini tubdan isloh qilish uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish.
Milliy model – Kadrlar tayyorlashning milliy modeli (KTMM)ning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: shaxs; davlat va jamiyat; uzluksiz talim; fan; ishlab chiqarish talim va tarbiyaning uzviy bog’liqligini taminlash va bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo’naltirilganligidadir.
Tarbiya – keng manoda u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy guruhlarning maqsadlariga muvofiq odamlarning yangi avlodlariga avval avlodlarning ijtimoiy – tarixiy tajribasini uzatish vositasi bilan jamiyatning rivojlanishini taminlovchi vazifasi.
Talim mazmuni – belgilangan maqsadga muvofiq yo’nalish va hajmiga ega bo’ladi. U tegishli meyoriy hujjatlar: talim standartlari, o’quv reja, dasturlar shaklida rasmiylashtirilib, o’rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
Talim maqsadi – bu har bir pedagogik texnologiyani yaratishda asos bo’lib hisoblanadi. Maqsadning zamonaviy talim va tarbiya muammolarini yuqori samaradorlik bilan hal qilishga qaratilgan bo’lishi zarur asos hisoblanadi.
Biror pedagogik texnologiyani yaratish uchun eng zarur shart shunday dolzarb maqsadni aniqlay olishdan iborat



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin