Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Chaqaloqlik davri xususiyatlari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə9/62
tarix10.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#139541
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

Chaqaloqlik davri xususiyatlari
Bolaning tuģilgandan dastlabki 1-2-oylari chaqaloqlik davri deb yuritiladi. Bolani dunyoga kelishini o’zi bir mo’jiza, bu esa oilada homilador ayolga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lishni talab qiladi.
Oilada farzand dunyoga kelishi sezilishi bilanoq xomilador ayolga qulay sharoit yaratish atrofdagilar uchun shartdir. Chunki ayol homiladorlikning 2-3 oyligida muhitda va o’zida o’zgarishlar seza boshlaydi. Ayoldagi jismoniy o’zgarishlardan tashqari uning ruhiyatida ham bir qancha psixik o’zgarishlar sodir bo’ladi, ayolning ruhiy holati tug’ilajak farzandning psixik rivojlanishiga, jismoniy rivojlanishiga tasir qiladi. Homilador ayol psixik holatiga qarab farzand rivojlanib boradi. Shuning uchun farzand har jihatdan sog’lom o’sishi uchun ota –onaning sog’ligi va atrof muhitning sofligi, oila tinchligi katta ahamiyatga ega. Buyuk bobomiz Amir Temur ham ayollari homilador bo’lsalar, ularni tog’li, xavosi musaffo joylarga olib borib turarkanlar. Ayolni turli jiddiylik xolatlaridan saqlash va manzarali tabiati go’zal joylarga ko’proq sayr qilishni taminlash, tinch sokin bo’lishni taminlash kerak.
Bu tavsiyalar avvalo homilador ayollarni o’zlariga tegishlidir, chunki eng masul shaxs ayolning, onaning o’zidir.
Shunday qilib, bunday tadbirlar vositasi ila bola dunyoga keldi deylik, endi ota –ona zimmasida bu go’dakni har jihatdan sog’lom qilib voyaga etkazishdek ulkan vazifa turibdi, chunki yangi tug’ilajak chaqaloq ham jismoniy, ham psixik jihatdan juda zaif bo’ladi. Chaqaloqning barcha hayotiy funktsiyalari ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, xavoning o’zgarishiga, moddalar almashinuviga moslashishi va boshqalar uni organizmi orqali amalga oshiriladi.
Chaqaloqning tug’ilishi sifat o’zgarishlari daqiqasi, ijtimiy rivojlanishning yangi ko’rinishi boshlang’ich nuqta ekanligi bilan ahamiyatga ega.
Bolaning chaqaloqlik davri jismoniy jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Yangi tug’ilgan bola organizmining 75 % suvdan, 25 % qattiq moddalardan iborat bo’ladi uning bo’yi 48-52 sm, vazni 2800-3500 gr bo’ladi. uning suyaklari tog’aysimon moddadan iborat bo’lib, u bolaning o’sishi bilan rivojlanadi.Yangi tug’ilgan bolaning og’irligi yarim yilgacha 600-700 gr dan, ikkinchi yarim yilda 400-500 gr dan qo’shiladi. Bo’yiga har oyda 2-3 smdan qo’shiladi. Bir yoshli bolaning og’irligi 10-10,5 kg ga etadi, bo’yi esa 74-75, 5 sm ga etadi. Yangi tug’ilgan bola hatto o’zidan bir hafta oldin tug’ilgan boladan farq qiladi, shuning uchun ham har bir davrning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib ular bilan munosabatda bo’lishi kerak.
Bu davrda bola deyarli faqat ona suti bilan ovqatlanadi, u xali gapira olmaydi va mustaqil harakat qila olmaydi. Yangi tug’ilgan bolaning boshi gavdasiga nisbatan katta, bo’yni deyarli yo’q darajada qisqa, gavdasi uzun oyoq – qo’llari gavdasiga nisbatan qisqa bo’ladi. Chaqaloq bola 1 minutda 50-60 marta nafas oladi. Agar chaqaloq bola o’ringa o’ng’ay xolatda yotqizilmasa, siqib yo’rgaklansa va ochiq xavoga olib chiqilmasa, nafas olishida qiyinchiliklar bo’ladi.
Chaqaloq bolaning yuragi 1 minutda 120 marta uradi. Bundan tashqari chaqaloq bolalar yuragining nisbatan tez urishi ular organizmida moddalar almashinuvi intensivligi bilan ham bog’liqdir. Bu yoshdagi bolalarning har odatlari o’zgaruvchan bo’ladi. Bular bolaning ortiqcha harakati, ovqat eyishi ham har odatiga tasir qiladi. Shuning uchun kun tartibining ahamiyati kattadir. Chaqaloqning ovqat hazm qilish azolari juda kichkina, oshqozon va ichak muskullari rivojlanmagan, juda zaif bo’ladi. Shuning uchun bolalarning eng yaxshi ovqati ona sutidir.
Yangi tug’ilgan bolaning suyaklari deyarli yumshoq tog’aydan iborat bo’ladi. Keyingi taraqqiyot davrida, yani 1 yoshga to’lguncha skeleti suyakka aylana boshlaydi. Unda bolaning terisi ham yumshoq bo’ladi. Agar qattiqroq joyga yotqizilsa yoki tasir o’tkazilsa muskul yumshoqligi va o’ta nozikligi uchun terida iz qoladi. Shuning uchun yangi tug’ilgan go’dak ehtiyotkorlik bilan yuvintiriladi va ehtiyotkorlik bilan ushlanadi. Chaqaloqning 20 kun o’tgach terisi taranglasha boshlaydi. Go’dakning yashash sharoitiga qarab suyak va muskullari o’sib boradi. Agar go’dak ko’p yotsa, bosh suyagi hamshunga mos ravishda rivojlana boshlaydi. Shuning uchun go’dak uxlaganda bir maromda uxlashi kerak. Agar go’dak ovqatlanish jarayonida noto’g’ri ushlansa yoki yotsa suyak sistemasi noto’g’ri rivojlanib qolishi mumkin. Chunki go’dak suyagida mineral moddalar unchalik ko’p bo’lmaydi.
Bolaning suyak va muskullari bilan uning suyak sistemasi uning uxlash jarayoniga bog’liq. Bola yurishni o’rganayotganda ham goh o’ng, goh chap qo’lidan ushlab unga yordam berish kerak. Shundagina suyak sistemasini nuqsonlardan saqlash mumkin. Bolaning suyak va muskullari uning barcha organlari, shu jumladan bolaning og’irligi 2800 gr dan 3500 gr gacha, uning bo’yi 48 sm dan 52 sm gacha bo’ladi, bu xususiyatlar faqat yaxshi tug’ilgan bolalarga xosdir. Yangi tug’ilgan bolaning suyagini ohak va boshqa tuzlar kam bo’lib, u asosan tog’ay to’qimalaridan iborat bo’ladi, bosh suyaklar 2-3 oylik bo’lgandagina tutashadi. Yangi tug’ilgan bolani kalla suyagi ham yaxshi qotmagan bo’lib, u asosan tog’aydan iborat bo’ladi, uning oldingi qismida peshona liqildog’i va orqa qismida ensa liqildog’i bo’ladi. Liqildoqlarning biri 2-3 oy mobaynida, 2 –si 12-14 oylik bo’lganda tutashib bitib ketadi.
Go’dak har oyda 2-3 sm dan o’sib boradi. U 8 oylik bo’lganda bo’yi 2 baravarga, 9 oylik bo’lganda 14 martaga oshadi. Bola yoshiga to’lib yurib ketsa, u jismoniy jihatdan sog’lom bo’ladi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin