Bolalarda emotsional stresslarini oldini olish usullari


Asab tizimining homila ichida rivojlanishi



Yüklə 330,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix01.01.2022
ölçüsü330,67 Kb.
#107104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOLALARDA EMOTSIONAL STRESSLARINI OLDINI OLISH USULLARI. INDUVIDUAL RIVOJLANISH DAVRIDA IMMUN REAKSIYALARINI RIVOJLANISHI

Asab tizimining homila ichida rivojlanishi 

 

Asab tizimining taraqqiy etishi homila ichi rivojlanishining juda erta - birinchi haftasida yuz beradi. 

3-4 haftalarida bosh va orqa miyaning shakllanishi boshlanadi. Ayniqsa nerv hujayralarining bir muncha 

tez bo' linishi homilaning 10-haftaligidan to 18-haftaligigacha markaziy nerv tizimining shakllanishining 

qaltis  davriga  to'  g‗ri  keladi.  Homiladorlik  va  normal  tug'  ruq  vaqtida  zararli  omillarning  yo'  qligi 

bolaning sog‗lom nerv tizimi bilan tug' ilishiga imkon beradi. 

Agar  homila  rivojlanishiga  patologik  omillar  ta'sir  etgan  bo'  lsa,  bu  holatda  bola  normal  kechgan 

tug‗ruq  jarayonini  ham  qiyin  o'  tkazadi  (antenatal  shikastlanish).  Bundan  tashqari  tug‗ruqning  qiyin  o' 

tishi miya to' qimalarining shikastlanishiga ham olib keladi (intranatal shikastlanish). 

Asosiy xavfli antenatal omillar: 

-  onaning  turli  xil  surunkali  kasalliklari  (anemiya,  gipertoniya,  surunkali  glomerulonefrit,  yurak 

nuqsonlari, qandli diabet, toksoplazmoz, revmatik isitma  va boshqalar); homiladorlik davrida onaning o' 

tkir infeksion kasalliklari, shu bilan birga tibbiy dori vositalarini iste'mol qilishi. 

-  homila ichidagi infeksiya; 

-genetik  nuqsonlar  (aqli  zaif  ota-onalardan  nosog‗lom  bolalarning  tug'  ilish  ehtimoli  sog‗lom  ota-

onalarga nisbatan 2 marta yuqori); 

-  ota-onaning zararli odatlari (alkogol, chekish) 



 

-  kasbiy zararliklar (og‗ir jismoniy mehnat, tebranish, silkinish); 



-  tashqi teratogen omillar (yuqori radiatsiya, kimyoviy moddalar va boshqalar); 

-  xavfli  akusherlik  anamnezi  (16-18  yoshdan  ilgari  yoki  30  yoshdan  keyin  birinchi  bolaning 

tug‗ilishi, tug‗ruq orasidagi interval 2 yildan kam bo' lishi, homila tushish xavfi, stress holatlar); 

-muddatidan o' tgan homiladorlik, ko' p homilalik, yangi tug‗ilgan chaqaloqlarning gipotrofiyasi; 

-  Rh-omil va AVO tizim bo' yicha kelishmovchilik. 

Bolalarda asab tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari. 

Tug‗ilish  davriga  kelib  bosh  miya  o'  zining  o'  lchami  bo'  yicha  eng  rivojlangan  a'zolardan 

hisoblanadi. Ammo uning barcha tuzilishlari  va  egriliklarining funksional  imkoniyatlari past. Bu davrda 

tana og‗irligiga nisbatan bosh miya og‗irligi kattaroq. Yangi tug‗ilgan chaqaloq miyasi tana vaznini 1/8-

1/9 qismini, 1 yillikni oxirlarida 2 marta kattalashib, tana massasining 1/11-1/12 qismini, 5 yoshda 1/13-

1/14, 18-20 yoshda 1/40 qismini tashkil etadi. 

Chaqaloqlarda  miya  to'  qimasi  qon  bilan  yaxshi  ta'minlanadi,  ayniqsa  kulrang  modda,  lekin 

qonning qaytishi  kuchsiz.  Shuning  uchun  unga  toksik moddalar  tez to' planadi. Nerv  hujayralari boshqa 

somatik  hujayralarga  qaraganda  22  marta  ko'  p  kislorod  talab  qiladi.  Shuning  uchun  ko'  p  kasalliklarda 

nerv  hujayralari  kislorod  yetishmovchiligidan  nobud  bo'  lishi,  gipoksik  ensefalopatiya  sifatida  namoyon 

bo' ladi. 

Miya to' qimalari oqsil moddalariga boy. 1 gr oqsil 17 gr suvni ushlab qoladi, bu esa bosh miyada 

shishlarni  tez  rivojlanishiga  zamin  tayyorlaydi.  Oqsillar  miqdori  bola  o'  sib  borgan  sari  46%dan 

27%gacha  kamayadi.  Bir  yarim  yilda  miya  to'  qimalarida  suvning  miqdori  ortadi  va  kattalarniki  bilan 

tenglashadi. 

Yangi  tug‗ilgan  chaqaloqlar  bosh  miyasining  barcha  beshta  qismi  anatomik  tuzilishi  jihatdan 

kattalarniki bilan bir xil. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda bosh miya po' stlog‗i hali yetilmagan bo' ladi. U 

oliy  nerv  faoliyati  shakllanishini  ta'minlaydi  va  barcha  miya  qismlaridan  kechroq,  5-6  yoshga  kelib 

shakllanadi.  Nerv  tolalarining  miyelinizasiyasi  nerv  hujayralarining  tanasidan  boshlab,  periferik  qismi 

tomon asta sekin rivojlanadi va 3-5 yoshga kelib tugallanadi. 

Nerv  tizimining  asosiy  hujayrasi  -  neyrotsit.  Kattalarda  bunday  hujayralar  16  mlrd.  Biroq,  tarqoq 

holatdagi  diffuz  joylashgan  yyetuk  neyrotsitlar  hujayralarning  umumiy  miqdorini  faqat  25%ini  tug‗ilish 

davrida tashkil qiladi. Agar katta kishilardagi bosh miyasining hujayralar soni 100% deb olinsa, 6 oylikda 

66%,  1  yoshda  -  90-95%  shakllangan  bo'  ladi.  Shu  sabab,  bolalarning  asab  tizimidagi  kasalliklari  1,5 

yoshgacha aniqlanishi zarur, chunki kech qolib davolash yaxshi natija bermaydi. 

Yetilgan  hujayralarning  miqdoriy  tarkibidan  tashqari,  yangi  tug‗ilgan  bolada  gistologik 

yetilmaganligi  ham  ahamiyatga  ega.  Ular  shakli  jihatidan  ovalsimon,  bitta  aksonli,  yadrosi  donador, 

dentritlari yo' q bo' ladi. 

Orqa  miya  suyuqligi.  Chaqaloqlarda  orqa  miya  suyuqligi  kam  miqdorda  va  bosimi  past  bo'  ladi 

(normada  bosim  100  - 120  ml.  suv  ustuni).  Yangi  tug‗ilgan  chaqaloqlarda  miqdori  20  - 30 ml,  ko'  krak 

yoshidagi  bolalarda  40  -  60  ml,  katta  bolalarda  150  -  200  ml.  Yangi  tug‗ilgan  chaqaloqlarda  orqa  miya 

suyuqligi sarg‗ish yoki sarg‗ish yashil rangga bo' yalgan, bu rangli bilirubin borligi xisobiga va fiziologik 

ksantoxromiya  deyiladi.  Chaqaloqlarda  gemato-entsefalitik  barer  sustligi  natijasida  yuzaga  keladi.  Orqa 

miya  suyuqligi  tarkibida  oqsilning  yuqoriligi  (Pandi  reaktsiyasi  musbat)  ham  gemato-entsefalitik  barer 

sustligi bilan tushuntiriladi, hujayralar soni ham yuqori va qand bir oz kam bo' ladi. 

Asab - ruhiy rivojlanishni baholash 

Asab - ruhiy rivojlanishni (ARR) baholash me'zonlariga kiradi: 

motorika; 



statika; 

shartli - reflektor faoliyat (1 signal sistema); 



nutq (2 signal sistema); 

oliy nerv faoliyati. 



Motorika (harakat) — bu bolaning maqsadga yunaltirilgan, manipulativ faoliyati. 

Yangi  tug‗ilgan  sog‗lom  chaqaloq  uchun  tinch  holatda  mushaklarning  fiziologiik  gipertonusi 

xarakterli va  shu sabab qo' l oyoqlar bukilgan ko' rinishda. Mushaklarning gipertonusi barcha  holatlarda 

simmetrik  tasvirlangan:  qorinda,  yyelka  yotganda,  yon  va  tik  ushlab  turilganda.  qo'  llari  barcha  bo' 

g‗imlarda  bukilgan,  ko'  krak  qafasiga  keltirilgan.  Kaftlari  yarim  musht  holatida,  bosh  barmoq  kaftga 

qarab  bukilgan.  Oyoklar  xam  barcha  bo'  g‗imlarda  bukilgan  va  son  soxasida  engil  ochilgan,  oyoq  kafti 

orqa tomondan bukilgan (1 rasm). Xattoki uyku vaqtida ham mushaklari bo' shashmaydi. Yangi tug‗ilgan 

chaqaloqlarning  harakati  chegaralangan,  xaotik  (angl.  chaos),  tartibsiz  (angl.  disorderly),  atetososimon 

titroq  (angl.  trempling).  Bola  hayotining  birinchi  oyidan  keyin  mushaklarning  fiziologik  gipertonusi  va 



 

tremori yo' qolib boradi. 



 


Yüklə 330,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin